Mehnat ta’tili uchun haq hisoblash
Savolning ID si: 21297
Xodim bankda 2003 yildan beri ishlab kelmoqda. Orada ikki yil muddat Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida oʻqiganligi sababli oʻquv ta’tilida boʻldi. 2021 yil sentyabr oyidan bankdagi mehnat faoliyatini yana davom ettirmoqda. Xodim 2021 yil 6 sentyabrdan ishga tushib, 2022 yil 13 yanvargacha uzluksiz ishladi va 2022 yil 14 yanvardan 27 kunlik mehnat ta’tiliga chiqdi. Mehnat ta’tili uchun toʻlov summasini hisoblashda oʻrtacha oylik ish haqi 2021 yilning soʻnggi 4 oylik davrdagi maoshdan yuqori tegishli toʻlovlarni qoʻshib 12 ga boʻlish va joriy summasini qoʻshish yoʻli bilan aniqlangan, 25,4 koeffitsiyent qoʻllaniladi.
1. Mehnat ta’tili uchun toʻlovni aniqlashda oʻrtacha ish haqi qanday aniqlanadi va mehnat ta’tili uchun toʻlov summasi qanday hisoblanadi?
2. Oʻquv ta’tili mobaynida хodim egallab turgan lavozimidagi maosh oshsa, dastlabki hisoblangan oʻquv ta’tili uchun toʻlov summasiga ta’sir qiladimi? Bunda oʻquv ta’tili uchun toʻlovni qayta hisob-kitob qilish kerakmi?
Ekspertlarning javoblari: