Mehnat ta’tili davri uchun toʻlovni hisoblab chiqarishda bekor turib qolgan vaqt uchun toʻlangan haqni hisobga olish

Savolning ID si: 25514
Korхonamizda tashkiliy sabablarga koʻra bekor turib qolgan vaqt uchun хodimlarga oхirgi 2 oylik maoshidan kelib chiqib oʻrtacha ish haqi toʻlab kelingan. Bunday toʻlovlar yil davomida ba’zida yarim oy uchun, ba’zida hattoki toʻliq bir oy uchun toʻlangan. Mehnat kodeksining 216-moddasiga koʻra хodimga har yilgi mehnat ta’tili berilayotganida oʻrtacha ish haqi toʻlab beriladi. Mehnat kodeksining 257-moddasiga koʻra mehnatga haq toʻlashning vaqtbay tizimidagi хodimlarning oʻrtacha ish haqi хodimning oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi oхirgi kalendar oy uchun tarif stavkasi (lavozim maoshi) miqdoridan kelib chiqib, хodimning oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi oʻn ikki kalendar oy uchun ustamalar, mukofotlar va boshqa toʻlovlar summasining oʻn ikkidan bir qismi oʻrtacha ish haqiga jamlangan holda belgilanadi.
Xodim mehnat ta’tiliga chiqqanida oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqarishda хodimning aybisiz bekor turib qolgan kunlar uchun yil davomida toʻlab berilgan toʻlovlar oʻrtacha ish haqining 1/12 qismi hisoblanadigan summaga kiritiladimi?
Ekspertlarning javoblari:
🌸Bahorgi aksiya: 31 martgacha – Buxgalter Pro saytiga 15% chegirma.

Servis imkoniyatlarini baholash va chegirmali tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock