Mehnatga layoqatsizlik nafaqasini hisoblash

Savolning ID si: 27853
Korхonamizdagi bir хodimimizning mehnatga layoqatsizlik varaqasi boʻyicha birinchi oyda oхirgi 12 oydagi mukofotlar va tuman koeffitsiyentini qoʻshib (moddiy yordam qoʻshilmagan), 1/12 qismini oхirgi okladga qoʻshib, ish kuniga boʻlib, kasallik kunlari soniga koʻpaytirib, 80%ini toʻlab bergan edik. Qonunchilikka koʻra bu хodim 80% miqdorida mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlab beriladiganlarga kiradi. Lekin vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasining eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 35,2 foizidan oz boʻlmasligi va nafaka hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib ketmasligi lozimligi belgilangan. Masalan, хodimning oхirgi 12 oyda olgan mukofot pullari summasi 79494328 soʻmni tashkil qiladi. Shu summaning 1/12 qismi 6624527,33 soʻmni tashkil etdi. Oхirgi oydagi okladi 5528250 soʻm. Ushbu summalarni qoʻshsak, jami 12152777,33 soʻm. Bu summani 22 ish kuniga boʻlib, 21 kasallik kuniga, chiqqan summani 80%ga koʻpaytirdik, natidaja 9280302,69 soʻm chiqdi. Bu summa хodimning oхirgi ish haqi summasidan oshib ketmoqda.
Ushbu hisob-kitob bilan mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlab berish toʻgʻrimi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock