Soliq organidan har oyda bir xil ma’noda keladigan xabarnomalarga javob berish
Savolning ID si: 35408
Korxona agentlik shartnomasi asosida vositachi sifatida aviachipta sotish faoliyatini yuritadi. Korxonaning daromadi aviachipta sotishdan olinadigan vositachilik mukofoti. Har bir aviachiptani sotishda onlayn-NKM cheki beriladi, chek vositachilik faoliyatiga moslashtirilgan, komitent STIR degan joyida aviakompaniyaning STIR raqami koʻrsatiladi. Demakki, korxonamizning bank hisob raqamiga kelib tushgan pullar bizning daromadimiz hisoblanmaydi. Muammo shundaki, aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobini taqdim qilishda vositachilik haqi summasini daromad sifatida koʻrsatib, shundan soliq toʻlaymiz. Lekin soliq organi bank hisob raqamimizga tushgan mablagʻlardan soliq hisoblab katta summada qarz koʻrsatib, xabarnoma joʻnatadi. Har oy agentlik shartnomasi asosida ishlashimizni yozib, haqiqiy vaziyatni tushuntirib javob yuboramiz. Ya’ni bu surunkali davom etib kelmoqda.
Soliq organi bilan vujudga kelayotgan muammoni qanday hal etish mumkin?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.