Savolning ID si: 3649
Bizning korxonamizning asosiy faoliyat turi boʻlib xalkaro pochta, kur’yerlik joʻnatmalarini yetkazib berish, pochta aloqa xizmatlari koʻrsatish hisoblanadi. Korxonamiz Nyu-York (AQSh) –Toshkent (Oʻzbekiston) yoʻnalishi boʻyicha pochta joʻnatmalarini yetkazib beradi. Shu maqsadda xorijiy kompaniya (AQSh) bilan 01.08.2013 yilda 01-son eksport shartnomasi imzolangan. Pochta joʻnatmalarini oluvchilarga yetkazib berish eksport shartnomasining predmeti boʻlib hisoblanadi. 31.08.2000 yildagi Oʻzbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi 118-II-son Qonuniga muvofiq ”Oʻzbekiston pochtasi” AJning “Xalkaro Pochtamt” filiali bilan bino xududiga kirish, yuklarni bojxona nazoratidan oʻtkazish bilan bogʻliq zarur rasmiy ishlarni bajarish uchun 04.09.2013 yilda 22-son shartnoma tuzildi. Shuningdek “Toshkent xalkaro aeroporti” DUK bilan yuk va pochtalarni tayyorlash bilan bogʻliq zarur rasmiy ishlarni bajarish maqsadida 26.09.2013 yilda 2115-son shartnoma imzolangan. Korxonamiz pochta joʻnatmalarini ijaraga olingan avtomobilda yetkazib beradi. XXTUT 52100 “pochta aloqasi”.
Bizning korxonamiz Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish Tartibining 3-bandi “ye” kichik bandida (VMning 29.06.2000 yildagi 245-son qarori) koʻrsatilgan imtiyozni qoʻllashi mumkinmi. Korxonamiz koʻrsatayotgan xizmatlar oʻz kuchi bilan koʻrsatilayotgan xizmatlar toifasiga mansubmi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock