Xarajatlarni va tannarxni toʻgʻri shakllantirish
Savolning ID si: 36651
Sanatoriy qoshida faoliyat yuritayotgan yordamchi xoʻjalik boʻlimi tomonidan hududni obodonlashtirish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish, chorvachilik va boshqa shu kabi yoʻnalishlarda amaliy ishlar bajarilmoqda. Biroq soʻnggi hisobot davrlarida yordamchi xoʻjalikdan olinayotgan qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlarini kirim qilish vaqtida ularning tannarxi me’yordan sezilarli darajada yuqori chiqayotganligi aniqlandi. Bunga asosiy sabab sifatida yordamchi xoʻjalik ishchilari faqatgina bevosita mahsulot yetishtirish bilan cheklanib qolmasdan, balki sanatoriyning umumiy ehtiyojlari uchun boshqa xoʻjalik ishlariga ham (obodonlashtirishning umumiy turlari, binolarni ta’mirlash yoki boshqa xizmatlar) doimiy ravishda jalb etilishi hisobga olinmayotganligidir. Natijada, ishchilarning barcha ish haqi va unga hisoblangan majburiy toʻlovlar toʻliq birgina mahsulotlar tannarxiga qoʻshilib qolmoqda.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda mahsulotlar tannarxini real bozor bahosi va haqiqiy xarajatlarga mos holda shakllantirish maqsadida, buxgalteriya hisobida xarajatlarni toʻgʻri taqsimlash uchun qanaka buxgalteriya oʻtkazmalarini qoʻllash mumkin?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.