Savolning ID si: 5554
Korxonaning asosiy faoliyat turi – transport xizmatlari koʻrsatish (yoʻlovchilarni tashish), tegishli guvohnoma, shuningdek shaharda va shahar atrofida yoʻlovchilarni tashish uchun Avtomobil va daryo transporti agentligining litsenziyasiga ega. Ushbu hujjatlar asosida Termiz shahri hududida alohida yoʻnalish boʻyicha yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilyapti. 2011 yilda korxona bank orqali lizing shartnomasi asosida “Isuzu” avtobuslarini sotib oldi. Lizing shartnomasiga asosan “Hamkorbank”ning Termiz filiali lizing beruvchi hisoblanadi, avtobuslar uning balansida. Lizing shartnomasi shartlariga koʻra toʻlovlar toʻliq amalga oshirilgandan keyin zarur hujjatlar rasmiylashtirilgan holda avtobuslar korxona balansiga topshirilishi kerak. Korxona toʻlovlarni toʻliq amalga oshirdi. Avtobuslarni korxonaga rasmiylashtirishda YHXB xodimlari Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻim toʻlashni talab qilishayotir.
Yoʻlovchilarni tashish asosiy faoliyat turi hisoblanadigan transport korxonasi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻim toʻlashdan ozod qilish boʻyicha imtiyozni qoʻllashi mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.