Savolning ID si: 7442
MChJ shaklidagi ishlab chiqarish korхonasi 2016 yilning 4-choragidan yagona soliq toʻlovchisi maqomini oldi. Tarmoq kodi 17151.
Korхona chetdan ishlab chiqarish maqsadlarida TMQ va asbob-uskunalarni oldi-sotdi shartnomasi asosida olib keldi. Ushbu TMQ va asbob-uskunalar temir yoʻl orkali konteynerda ortildi. Xarid qilingan TMB va asbob-uskunalar konteyneri bilan IM-40 rejimga olindi.
2016 yil sentyabrda 1 dona qiymati 200$lik, summasi boj bilan 1 527 327,60 soʻm, hisobga olinadigan QQS summasi esa 2 042 426,32 soʻm va 2016 yil avgustda 3 dona jami qiymati 600$lik, summasi bojхona boji bilan 4 566 208,50 soʻm, hisobga olinadigan QQS summasi 6 106 184,70 soʻm, jami hisobga olinadigan QQS summasi – 8 148 611,02 soʻm boʻlgan TMQ sotib olindi. 2016 yil 4-chorak holatigacha hech qanday sotish aylanmasi mavjud emas. Korхona 2016 yil 4-chorakdan yagona soliq toʻloviga oʻtishini hisobga olib, quyidagi savollarga javob bersangiz:
1. Korхona QQS soligʻi toʻlovchisi sirasidan chiqqanda QQS boʻyicha hisobotni qanday toʻldirishi kerak:
• Agar tovarlarni import qilishda korхona imtiyozlardan foydalanmagan boʻlsa, ya’ni “bojхona” QQS hisobga olingan boʻlsa?
• Agar tovarlar importida PQ 28.01.2009y. 1050-son Qarorga asosan QQS boʻyicha imtiyozlardan foydalanilgan boʻlsa?
2. YaST toʻlovchi boʻlishi munosabati bilan korхona byudjetga QQSni toʻlab berishi kerakmi?
Korхona joriy yilning 4-choragidan YaSTiga oʻtsa, QQS qanday aniqlanadi, toʻlanadi va soliq hisobotida aks ettiriladi?
Ekspertlarning javoblari: