Savolning ID si: 7584
Davlat ulushi mavjud boʻlgan jamiyatda soliq tekshiruvi oʻtkazilayotganda soliq inspektorlari jamiyatning muddati uch yildan oʻtgan kreditorlik qarzlarini aniqlashgan. Tekshiruvchilar Soliq kodeksining 136-moddasi va unga berilgan sharhlarni asos qilib olib hali hisobdan chiqarilmagan kreditorlik qarzlarni moliyaviy natijalarning daromad qismiga olib, ushbu summaga foyda soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi va dividend soligʻi, hamda davlat ulushi hissasi miqdorida dividendlarni qoʻshimcha tarzda hisoblashdi. Tekshiruvchilarning хulosalarini quyidagilarga muvofiq asossiz deb hisoblaymiz: Soliq kodeksining 136-moddasida majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olinadigan daromadlarga faqat hisobdan chiqarilgan majburiyatlar kirishi belgilangan. Haqiqatdan ham ushbu moddaga berilgan sharhlarda da’vo muddati oʻtgan kreditorlik qarzlarni hisobdan chiqarilishi va soliq solinadigan daromadlarga qoʻshilishi kerak degan koʻrsatma berilgan. Ammo 2012 yilda nashrdan chiqqan Soliq kodeksining sharhlariga normativ-huquqiy hujjat maqomi berilmagan.
Soliq tekshiruvi oʻtkazilayotganda soliq inspektorlari da’vo muddati oʻtgan kreditorlik qarzlarni jamiyat daromadiga hisobdan chiqarib, uning summasiga qoʻshimcha soliq va dividendlarni hisoblashga haqlimi?
Soliq toʻlovchilarga muddati uch yildan oʻtgan kreditorlik qarzlarni hisobdan chiqarib soliqqa tortish majburiyatini yuklovchi qanday normativ-huquqiy hujjatlar mavjud?
Ekspertlarning javoblari: