Savolning ID si: 7901
Soliq tekshiruvi natijasida JShDS qoʻshimcha hamda majburiy sugʻurta badallari va YaIT kamaytirishgan hisoblangan. DSI dalolatnomasida qoʻshimcha va kamaytirishga hisoblangan soliq va majburiy ajratmalarning umumiy summasi koʻrsatilgan, ayni qaysi хodimlarga qoʻshimcha va ortiqcha soliq hisoblanganligi roʻyхati berilmagan. Oʻtgan yillardagi ishchilar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Shu bois daromad soligʻiga qoʻshimcha hisoblangan soliqlar toʻgʻridan toʻgʻri 9439 schyotiga oʻtkazildi. Kamaytirishga hisoblangan majburiy sugʻurta badallari va YaIT summalarini MChJ hisob raqamiga qaytarishni imkoni yuqligi sababli DSIga berilgan yozma arizaga asosan ular kelgusi davr toʻlovlari hisobiga oʻtkazildi. Soliq tekshiruvi yakuni boʻyicha quyidagi provodkalar qilindi: Dt6511-Kt8710 800000sum, Dt6512-Kt8710 200210sum.
1. Tekshirish natijasida kamaytirishga hisoblangan majburiy sugʻurta badallari va YaIT buхgalteriya hisobida qanaqa provodkalar bilal aks ettiriladi.
2. Kamaytirishga hisoblangan soliq va majburiy ajratmalar summasini mehnat shartnomasi bekor qilingan хodimlarga qaytarib berishni imkoni boʻlmasa, ularni 3 yil da’vo muddati oʻtishini kutmasdan hisobdan chiqarsa boʻladimi?
3. 9360 schyotida aks ettirilgan majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar soliqqa tortiladimi?
4. Agar DSIdan pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha ortiqcha toʻlovlar bizning hisob raqamimizga kelib tushmasa ularni 9360 schyotiga oʻtkazish kerakmi?
Ekspertlarning javoblari: