Savolning ID si: 9643
Korxonamiz 2017 yil aprel oyida tashkil topgan. Korxonamizning asosiy faoliyati kalava ip yigirish. 2017 yilning aprel oyidan iyul oyigacha paxta tolasini chet el valyutasi AQSh dollarida sotib olar edik. 2017 yil may oyida paxta tolasi sotib olish uchun bankdan 1 000 000 AQSh dollari miqdorida chet el valyutasida kredit olingan. 2017 yil sentyabr oyida kurs farqini keskin oshishi hisobidan katta miqdordagi manfiy kurs farqi yuzaga kelmoqda. Ya’ni, korxonaning valyuta hisobrakamidagi valyuta qoldigʻi hisobidan musbat kurs farqi - 1 722 867 456,55 soʻmni (Dt 5210 Kt 9540), valyutada olingan bank krediti xisobidan manfiy kurs farki - 4 108 400 000 soʻmni (Dt 9610 Kt 6810) tashkil etmoqda. Ushbu kurs farqlari oʻrtasidagi katta miqdordagi manfiy kurs farqi hosil boʻlishi natijasida korxonaning yakuniy moliyaviy natijasi zarar bilan chiqmoqda. Korxonaga 2017 yil aprel-iyul oyida sotib olingan 1 kg paxta tolasining oʻrtacha narxi - 5500 soʻmni tashkil etib, hozirda paxta tolasi soʻmda sotib olinayotganligi sababli, 1 kg paxta tolasining oʻrtacha narxi 12 000 soʻmni tashkil etadi. Korxonaning moliyaviy natijasi katta miqdordagi zarar boʻlmasligi uchun chet el valyutasida olingan paxta tolasi xom ashyosini qayta baholab, moliyaviy natijada aks ettirish mumkinmi? Masalan 1 kg paxta tolasini 5500 sumdan olingan bulsa, shuni 10 000 soʻm yoki 12 000 soʻm qilib qayta baholash mumkinmi?
1. Korxonaning musbat va manfiy kurs farqlari yagona soliq hisobotida qanday aks ettiriladi? Korxonaning musbat kurs farqi yagona soliqqa tortiladimi? Manfiy kurs farqichi? 2. Chet el valyutasida sotib olingan xom ashyolarni qayta baholab, ularga yangi narx belgilash mumkinmi? Ushbu qayta baholangan qiymat soliqqa tortiladimi? Xom ashyolarni qayta baholash kanday xujjatlar bilan rasmiylashtiriladi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock