Javob beramiz
Kadrlar ishini yuritish
Mehnat stajini tasdiqlash
Mehnat daftarchasi mavjud boʻlmaganda, shuningdek mehnat daftarchasida zarur yozuvlar boʻlmagan yoki mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisida notoʻgʻri va noaniq yozuvlar mavjud boʻlgan hollarda shaxsiy tarkib boʻyicha xujjatlar taqdim etiladi.
Oʻrindoshlik asosida rahbar boʻlib ishlash imkoniyati
Xodimning asosiy ish joyi boʻyicha egallab turgan lavozimi, uning oʻrindoshlik asosida rasmiylashtirilayotgan lavozimiga bogʻliq boʻlmaydi.
Aholi bandligi organlari tomonidan 2020 yilda xodimlar uchun mehnat daftarchalarini berishni rad etishning qonuniyligi
Xodimning mehnat staji, shu jumladan pensiya tayinlashda xodim tomonidan amalga oshiriladigan mehnat faoliyati davriga asosan (31.10.2019y.dagi PQ-4502-sonli qaror 4-bandi) 2020 yilning yanvar oyidan mehnat daftarchalarini yuritish elektron shaklda amalga oshiriladi
Uzoq yillar foydalanilmagan mehnat ta’tili kunlarini kim hisoblab beradi: kadrlar boʻyicha inspektormi yoki buxgaltermi?
Bosh yuriskonsult boʻlib ishlashga ruxsat bormi?
Sizning holatingizda ushbu shaxs oʻrta yuridik ma’lumot va hali tugallanmagan iqtisodiy ma’lumot bilan, buning ustiga adliya organi bilan kelishilmasdan bosh yuriskonsult boʻlib ishlashi mumkin emas.
Oʻzbekiston hududida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi 100% davlat ulushi bor korxonada Rossiya Federatsiyasi Tomsk shahrida joylashgan universitet talabasi ikki tomonlama shartnomaga asosan amaliyot oʻtashi mumkinmi? Qaysi qonunchilik boʻyicha tartibga solinadi?
Qanday hollarda korxona rahbari buyruq yoki farmoyish beradi? Bu ikkalasining farqi nimada?
Buyruq - mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa tomonidan asosiy va kundalik masalalarni hal qilish maqsadida qoʻllaniladi. Buyruq uchun qogʻoz (blanka)lar A4 hajmli (310*297) qogʻozda tayyorlanadi. Mohiyat – ahamiyatiga koʻra buyruqlar 2 ga boʻlinadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning boʻlimlari faoliyatini tartibga solishda qoʻllaniladi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter