Javob beramiz

Qurilish korxonalida buxgalteriya hisobi

YaST toʻlovchisi pudratchi - qurilish tashkiloti soliq idorasiga kanday soliq hisobotlarini topshirishi va hisoblangan soliklarni qaysi turlarini toʻlashi kerak.


Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni olib borayotgan YaST toʻlovchi pudratchi - qurilish tashkiloti – YaST va QQS boʻyicha soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda soliq idorasiga taqdim etishlari lozim.

Asosiy ish faoliyati ishlab chiqarish boʻlgan jamiyat qurilish ishlari bilan shugʻullansa, buxgalteriya xisobotini qanday olib borish lozim?

Pudrat tashkilotlariga toʻlovsiz berilgan qurilish materiallari xususiy korxona uchun soliqqa tortish bazasiga kiritiladimi? Bunda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?


Yoʻq, buyurtmachi tomonidan pudrat tashkilotlariga toʻlovsiz berilgan qurilish materiallari buyurtmachi korxona uchun realizatsiya hisoblanmaydi. Ularning qiymati soliq solish bazasiga kiritilmaydi va buyurtmachi uchun soliq oqibatlarini keltirib chiqarmaydi.

Qurilish korxonasi SKning 360-moddasiga asosan byudjetga hisoblangan YaSTning 50 foiz miqdorida kamaytirish huquqiga egami?


Xa, YaST toʻlovchi qurilish korxonasi hisobot davri uchun hisoblangan YaST summasini markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilayotgan ob’yektlar boʻyicha byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasiga (lekin YaSTning 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorga) kamaytirishi mumkin.

Yangi korxona oʻz ehtiyojlari uchun tekstil kompleksi qurish davrida YaST eng kam miqdorini hisoblashda pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllashi mumkinmi?


Ha, YaSTning eng kam miqdorini hisoblashda qurilish ishlarni amalga oshirishni boshlash sanasidan boshlab 24 oydan oshmagan davrga 0.35 ga teng pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllashingiz mumkin. 

Korxona qurilish ishlarining bir qismini pudrat korxonasi ishchi kuchi bilan amalga oshirganda (shartnoma tuzilishidan to ishlarni topshirguniga kadar) qanday xujjatlar rasmiylashtiriladi va boʻlib oʻtgan xoʻjalik operatsiyalari boʻyicha qanday buxgalteriya provodkalari qayd etilishi kerak boʻladi?


Ushbu holatda autstaffing shartnomasi bilan, yoki qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha ishlashingiz mumkin.

Markazlashgan mablagʻlar turiga kirmaydigan manbalardan moliyalashtiriladigan ob’yektlarda 2017 yil 1 apreldan keyin qurilish narxini aniqlashtirishda oldingi tartibda, ya’ni 17,5% koeffitsiyentni qoʻllasa boʻladimi?


Korxonangiz markazlashtirilmagan manbalar hisobiga qurilayotgan ob’yektlar boʻyicha ishlarning qiymatini 17,5%ga oshiruvchi stavkani qoʻllashga haqli, agar bu pudrat shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa.

PF-2660-son Prezident Farmoniga muvofiq qurilayotgan koʻp qavatli uylarga qurilish mollarini sotish shartnomasida ularning narxini QQSsiz deb koʻrsatilishi toʻgʻrimi?


Ha, shartnomada imtiyoz berilgan normativ hujjatni koʻrsatgan holda QQS toʻlovchilari narxlarni QQSsiz koʻrsatishi mumkin.

Bosh pudratchi xizmati kaysi summadan ushlanadi? Bosh pudratchi xizmatidan olingan daromad summasidan kanday solik okibatlari vujudga keladi? Bosh pudratchi xizmatidan olingan daromad KKSga tortiladimi?


Bosh pudratchining xizmat haqisi subpudratchi tashkiloti bilan tuzilgan shartnomada belgilangan shartlardan kelib chiqib aniqlanadi.

Avtomobil yoʻllari qurilishida korxona tomonidan sifatsiz bajarilgan ishlarga sarf etilgan qoʻshimcha xarajatlar korxonaning xarajatlar tarkibiga qay tartibda kiritiladi? Bunday xarajatlarga qanday buxgalteriya oʻtkazmalari beriladi? Umumbelgilangan tartibda soliq toʻlovchi korxona uchun qoʻshimcha qilingan xarajatlarning soliq oqibatlari qanday?

Bizning ob’yektimizda ishlaydigan yordamchi pudratchi tashkiloti (2016 y. fevral oyida tashkil etilgan) 29.01.2009y. PQ-1051-sonli qarorga asosan imtiyozlardan foydalanishga xaqlimi?


Sizning ob’yektingizda ishlayotgan yordamchi pudratchi tashkiloti yangidan tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkiloti boʻlib hisoblansa, 2016 yilda PQ-1051-sonli qaror bilan belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega boʻladi.

1. 2017 yil 2-chorak uchun korxonamiz qancha QQSni davlat byudjetiga toʻlashi kerak? 2. Keyinchalik sotib yuborish maqsadida yoki butunlay boshqa bir qurilish ob’yektiga ishlatilishi nazarda tutib sotib olingan tovarlar boʻyicha toʻlangan QQS summasi hisobga olinadimi? 3. Tovar xom ashyo birjasidan olingan tovarlar sotib yuborilayotgan paytda hisobvaraq fakturada QQS aloxida koʻrsatiladimi? Masalan, 2-chorakda sotib olingan 90 mln. soʻmlik (QQS bilan birga) oynak maxsulotini 50% sotilganida? 4.Agar korxonamiz markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshirilayotgan ob’yektlar boʻyicha tenderda gʻolib chiqqan bosh pudratchiga yollanma pudratchi boʻlsak, u holda bajarilgan ishlar va xizmatlar boʻyicha QQS toʻlanishi kerakmi? Agar toʻlovchi boʻlsa QQSni hisobvaraq fakturada aloxida koʻrsatishimiz kerakmi?


YaST toʻlovchilar uchun qurilishi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda tanlov savdolari asosida amalga oshirilayotgan ob’yektlar boʻyicha QQS toʻlash majburiyatlari saqlanib qolinadi.

Qurilishi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda tanlov savdolari asosida amalga oshirilayotgan ob’yektlar boʻyicha QQS summasi qanday hisob kitob qilinadi? Bunda qurilish materiallarini sotib olishda toʻlangan QQS summasi hisobga olinadimi?


Markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshirilgan qurilish-montaj ishlari QQS hisobga olingan holda buyurtmachiga taqdim etiladi.

Qurilish ob’yekti tugallanmagan boʻlsada, ob’yekt boʻyicha YaSTni qoʻshimcha hisoblash toʻgʻrisidagi auditorlik xulosasi berilishi toʻgʻrimi?


Ha, auditorlik tekshiruv xulosasi toʻgʻri.

1. Bosh pudratchi – korxona transport tashkilotlari bilan maxsus texnika xizmatini koʻrsatishi uchun pudrat shartnomasi tuzishi mumkinmi? 2. Koʻrsatilgan operatsiyalarni bosh pudratchi buxgalteriyasida qanday aks ettirish kerak? 3. Bosh pudratchi majburiy ajratmalar soliqqa tortish bazasidan transport tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan maxsus texnika xizmatlari qiymatini chiqarib tashlashi mumkinmi?


Ha, tashkilotingiz transport korxonasi bilan proyetk – smeta hujjatlarida koʻrsatilgan ishlarning bir qismini (maxsus texnika xizmatini) bajarish uchun pudrat shartnomalarini tuzishi mumkin, basharti buyurtmachi va bosh pudratchi shartnomasida bunga ta’qiq boʻlmasa.