Javob beramiz

Mehnatga haq toʻlash shartlari

Oylik ish haqi nima


Xodim mehnat ta’tiliga chiqqanida toʻlab beriladigan moddiy yordam puli oylik ish haqi hisoblanmaydi.

Byudjet tashkilotida boshqaruv xodimlari hisobida turuvchi xodimga qoʻshimcha boʻsh shtat birligidagi ish biriktirilsa, 50%gacha qoʻshimcha haq toʻlasak boʻladimi?


Amaldagi qonunchilikka koʻra, bir necha kasb va lavozimda ishlash, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirish yoki ishlar hajmini koʻpaytirishga, qoida tariqasida, xodimning oʻzi mansub boʻlgan toifa doirasida ruxsat etiladi. 

Farmonda belgilangan oylik ish haqini 15 foizga oshirish toʻgʻrisidagi norma sanatoriya qoshidagi maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosariga nisbatan tatbiq etiladimi?


Savolingizga aniq javob olish uchun Bandlik vazirligiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Batafsil oʻqish

Xodim oʻz oyligini boshqaga oʻtkazib berishi mumkinmi


Mehnat Kodeksida xodim oʻz hohishiga koʻra oyligini boshqa shaxsga oʻtkazib berishiga taqiq yoʻq.

Smenali ishda ish vaqtini jamlab hisobga olishni joriy qilish


Agar shu xodimlar uchun haftalik ish vaqt me’yori 35 soat etib belgilangan boʻlsa, va ular haftasiga 35 soat ishlab bersa, oylik toʻliq toʻlanishi lozim.

Korxona xodimlarga ish haqini oyda bir marta to'lasa qanday oqibatlar kelib chiqishi mumkin? MKda 2 marta beriladi, deyilgan.


Mehnat qonunchiligi buzilgan uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.

Ishlanmaydigan bayram kunida ishlaganlik uchun haq toʻlash


Dam olish kunidagi yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish boshqa dam olish kunini berish bilan kompensatsiya qilingan taqdirda, bunday ish uchun haq toʻlash kamida bir hissa miqdorida amalga oshiriladi, dam olish kuni uchun esa haq toʻlanmaydi.

Smenali ish rejimida ishlaydigan xodimlarga qay tartibda oylik maosh toʻlanadi?


Smenada ishlaydigan xodimlarga boshqalar kabi ish xaqi toʻlanadi.

Agar xodim grafik asosida toʻliq ishlasa va 2 oktyabr kuni ham ishlasa (167+7 soat) ortiqcha ishlangan soat uchun ish haqi toʻlanadimi? 2. Agar toʻlansa, qanday hisoblanadi (ikki hissa miqdoridami yoki oʻrtacha ish haqidan kelib chiqibmi)?


Dam olish kuni ishlagan uchun ikki xissa xaq toʻlanadi.

Bunday holatda qo`shimcha vazifa bajargan o`qituvchiga soatbay haq to`lanadimi yoki Mehnat kodeksi 259-moddasiga asosan tarif stavkasining 50 foizi miqdorda qo`shimcha haq to`lanadimi?


Oʻqituvchilarga qoʻshib olingan ishga soatbay toʻlanadi.

Xodimga 3 oylik ish haqi oldindan toʻlash mumkinmi


Xodimlarga ish haqi toʻlash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud boʻlmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam boʻlishi mumkin emas.

Xodim oliy ta’lim muassasasida sirtqi shaklda oʻqiydi. Ta’lim muassasasidan amaliyotni oʻzi ishlayotgan korxonada oʻtamoqchi.


Amaliyot oʻtash davrida ish beruvchi va xodim oʻrtasida kelishuviga asosan xaq toʻlanishi mumkin.

 

O'qituvchilarga ularning ilmiy darajasi bo'yicha (professor, dotsent, katta o'qituvchi, assistent) haq to'lashning eng kam miqdorini tartibga soluvchi qonun mavjudmi?


Qonunchilikda davlat byudjetidan yoki aralash tarzda mablagʻ bilan ta’minlanadigan oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari belgilangan.

Korxonalar xodimning ish haqini boshqa shaxsning bank kartasiga oʻtkaza olmasligi

Mavsumiy xodim “Isitish tizimi operatori”ga “xizmat koʻrsatuvchi” xodimlarga toʻlanadigan ustama haqlar (masalan, shaxsiy ustama, ovqat puli, yoʻl puli, bayramlarda mukofot pullari) toʻlanadimi? Unga 5 oy ishlagan davri uchun oxirgi hisob-kitob puli toʻlanadimi?


Mavsumiy ishchilar korxonaning boshqa ishchilar kabi teng xuquqlarga ega.