Javob beramiz
Xizmat safari xarajatlari
Agar rahbar va pedagog xodimlari ikki oyga malaka oshirish kurslariga yuborilgan boʻlsa, Xizmat safarlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga asosan esa xizmat safari muddati 40 kundan koʻp boʻlmasligi kerak boʻlsa, xizmat safari xarajatlari qanday toʻgʻri hisoblanadi?
Xizmat safarlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning amal qilishi xodimning malaka oshirish bilan bogʻliq safariga tatbiq etilmaydi. Demak, xodimni koʻpi bilan 40 kunlik muddatga xizmat safariga yuborish toʻgʻrisidagi normativ mazkur holatda tatbiq etilmaydi.
Boʻnak xisobotida koʻrsatilgan, ammo xodimga berilmagan meyoridan ortiqcha xizmat safari xarajatlari uchun korxona jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini byudjetga oʻtkazib berishi kerakmi ?
Xodining meyoridan ortiqcha xizmat safari xarajatlari korxona tomonidan qoplab berilmagani uchun, korxonada jismoniy shaxslardan daromad soligʻini undirib byudjetga oʻtkazib berish majburiyati yuzaga kelmaydi.
- 1
- 2

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter