Javob beramiz
Xoʻjalik faoliyati turlari
"Tekstil" MChJ hisobrakamidan "Nasaf" futbol klubi hisobrakamiga uning xarajatlarlarini moliyalashtirish uchun oʻtkazib berilgan mablagʻ qanday soliqlarga tortiladi?
Umumbelgilangan soliqlar toʻlovchisi boʻlgan korxonalarda soliq solinadigan foyda professional futbol klublarining faoliyatini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan homiylik va xayriya yordami shaklidagi mablagʻlar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning oʻn foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda kamaytiriladi.
Barterga ruxsat bormi?
1996 yilning 1 sentyabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi doirasida mahsulot yetkazib berish toʻgʻrisida mavoza (barter) asosidagi shartnomalar tuzish taqiqlangan.
1. MChJlar oʻrtasida qarz shartnomasi tuzilganda foizlarni belgilashda MBning qayta moliyalash stavkasini qoʻllash majburiymi (SK 135-moddasiga asosan soliq okibatlari shartnomada belgilanadi)? 2. Qayta moliyalash stavkasi oʻzgarganda tuzilgan qarz shartnomalarini oʻzgartirish shartmi?
Qarz shartnomasi taraflari foizlarni mustaqil ravishda belgilaydilar yoki qarz umuman foizsiz berilishi mumkin.
1.Ulgurji savdodan chakana savdoga oʻtish qanday tartibda amalga oshiriladi? 2. Chakana savdoda tushgan pul va sotish operatsiyalari qanday oʻtkazmalar (provodkalar) bilan aks ettiriladi?
Chakana savdoda buxgalteriya hisobini yuritish korxonaning hisob siyosatidaga muvofiq amalga oshiriladi. Masalan TMZ hisobi tannarxi boʻyicha yuritilishi yoki sotish (realizatsiya) qiymati boʻyicha yuritilishi mumkin. Shunga qarab buxgalteriya hisobidagi oʻtkazmalar farqlanadi.
1.Hozirgi kunda xususiy shaxslar bilan payme dasturi orqali savdo qilsak boʻladimi? 2.Soliq munosabatlari qanday boʻladi?
Oʻzbekistonda tashkilotlar pulni toʻlov servislari orqali qabul qilib tovar sotish bilan, ya’ni elektron tijorat bilan shugʻullanishlari mumkin. Elektron toʻlov servislari orqali olingan tushumga soliq solish boshqacha tarzda olingan tushumga soliq solishdan farq qilmaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sizdan tashkilotimizga nisbatan Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi 407-son Karori bilan tasdiklangan Nizomining 19-bandi, Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qumitasining qoʻshma xatida keltirilgan talablar tadbiq etilishi yoki etilmasligi holatlari yuzasidan aniq tushuntirish berishingizni soʻraymiz.
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 19-bandi talablari barcha chakana savdo korxonalariga nisbatan tadbiq etiladi.
1. Korxona har xil faoliyat turlari bilan shugʻallanmoqchi boʻlsa, qaysi faoliyat turi asosiy faoliyat deb davlat roʻyxatdan oʻtiladi va IFUT (OKED) qoʻllash tartibi qanday boʻladi? 2. Har xil faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi korxonalar kaysi faoliyatga litsenziya olishlari kerak? 3. Korxonaning ta’sischisi xizmat safariga ketgan paytda hujjatlarga birinchi imzo qoʻyish huquqi boshqa shaxsga berilishi qonunga zid boʻlmaydimi?
Yangi tashkil etilgan korxonaning asosiy faoliyat turi uning ustavida koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Keyinchalik qonun hujjatlarida koʻrsatilgan tartibda oʻzgarishi mumkin. Hujjatlarga imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan vakolatli shaxslar tayinlanishi mumkin.
1. Boshkaruv kompaniyalari hali asosiy faoliyatidan (investitsiyalarni joylashtirish) daromadga ega boʻlmaganda, ya’ni YaST bazasi hali mavjud boʻlmaganda ular uchun №2203 Nizom talablari qoʻllaniladimi, ularga YaSTning eng kam mikdorini xisoblash va tulash talabi toʻgʻrimi? 2. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Sizdan, tijorat banklari tomonidan ta’sis etiladigan boshqaruv kompaniyalari, boshqa daromadlarga ega boʻlganda, yuqorida keltirilgan Prezident Farmoyishi xamda Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq vujudga keladigan soliq oqibatlarinining toʻgʻri pozitsiyasini tanlashda amaliy yordam berishingizni soʻraymiz.
Tijorat banki tomonidan ta’sis etilgan boshqaruvchi kompaniya Prezidentning 19.11.2008 yildagi R-4010 son Farmoyishi 1-ilovasiga muvofiq beriladigan soliq imtiyozlaridan foydalanishi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar, Xususiy tadbirkorlar va Xususiy korxonalarni soliqqa tortish hamda ishchilar soni haqida ma’lumot bersangiz. Yuqorida koʻrsatilgan korxonalar umumiy miqdorda necha kishini ishga qabul qilishi mumkin?
Dori-darmon vositalarini ishlab chiqaruvchi zavod oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarini Oʻzbekistonning ichki bozorlaridagi iste’molchilarga yetkazish maqsadida ulgurji litsenziyaga ega boʻlgan bitta korxona bilan komission shartnoma tuzib mahsulotlarni realizatsiya kilinsa va vositachilik xizmatini koʻrsatgan korxona vositachilik haqqini shartnomada koʻrsatilgan tartibda olsa, ikkala korxona DSIga qanaqa soliq turi boʻyicha hisobotlarni taqdim etadi, soliq solish bazasi qanday va soliq stavkalari qancha miqdorda boʻladi?
Vositachilik shartnomasi asosida faoliyatni amalga oshirganlik munosabati bilan har ikkala tomonda ham qoʻshimcha hisobotlar topshirish majburiyati yuzaga kelmaydi.
Komissioner tomonidan sotilgan mahsulot (dori vosita)larni realizatsiya qilganligi uchun qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?
Yoʻq, dori vositalarini vositachilik (komission) shartnoma asosida sotish mumkin emas.
Lombard faoliyatini amalga oshirishni boshlayotgan MChJ uchun soliq va majburiy toʻlovlar hisob-kitoblari hamda buxgalteriya hisobini yuritilishi toʻgʻrisida batafsil ma’lumot berishingizni soʻraymiz.
Lombardlarda asosiy faoliyati boʻyicha buxgalteriya hisobini yuritish OʻzR MB tomonidan chiqariladigan qonun hujjatlariga asosan, umumiy masalalar boʻyicha esa buxgalteriya hisobining umumqabulqilingan qoidalariga (BHMS va boshqa hujjatlarga) muvofiq amalga oshiriladi.
1. Shartnomaga asosan kafolat muddati davomida bepul almashtirilgan ehtiyot qismlar buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi? 2. Shartnomaga asosan kafolat muddati davomida bepul almashtirilgan ehtiyot qismlar soliqqa tortiladimi?
Bugʻdoyni qayta ishlashga berib, un va kepak qilib kirim qilish buxgalteriyada qanday oʻtkazmalar bilan aks ettiriladi?
Daval xom ashyosi bilan bogʻliq operatsiyalarning buyurtmachida buxgalteriya hisobi AVda 15.03.2010y. 2086-son bilan roʻyxatga olingan Nizomga muvofiq yuritiladi.
1. Korxonada qarz shartnomasi orqali qaytarib berish sharti bilan berilgan mablagʻlar qaytarib toʻlab berilmasa, hisobdan chiqarilishi mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa qancha muddat oʻtgandan keyin amalga oshiriladi va buxgalteriya birlamchi hujjatlari sifatida nimalar asos boʻladi? 2. Tovarlar (ish, xizmatlar) sotib olish va sotish uchun yuzaga kelgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini qancha muddatda hisobdan chiqarsa boʻladi?
Qarzni hisobdan chiqarish uchun qarzdor bilan uning qaytarilmasligi (begʻaraz moliyaviy yordam) haqida shartnomaga qoʻshimcha kelishuv tuzish mumkin.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter