Javob beramiz
Hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish masalalari
Tovar UFga ulush sifatida kiritilishida EHF rasmiylashtirilishi
Tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida berish tovarlarni realizatsiya qilish aylanmasi hisoblanadi va QQSga tortiladi. Bunda QQS summasi ajratib koʻrsatilgan EHF rasmiylashtirilishi shart.
QQS toʻlovchisi boʻlmagan vaqt uchun tuzatilgan EHF shakllantirish
Hozirgi kunda bu texnik jihatdan imkonsiz - QQS toʻlovchisi qaysi davr uchun EHF shakllantirmasin, unda QQS ajratib koʻrsatiladi. Muammoni hal etish uchun Soliq qoʻmitasiga murojaat qilishingizni maslahat beramiz.
NKM chekining shakllantirilishi
NKM chekining shakllantirilishiga doir qoidalar va NKMning sozlamalarining asosida ham hisoblab yozish tamoyili yotadi.
Saqlashga berilgan tovar yoʻqoldi
Vaqtinchalik saqlashga berilgan tovar qandaydir haq olish evaziga berilmaganligi sabali, bu xolat realizatsiya boʻlmaydi.
Ijtimoiy buyurtma asosida xizmat koʻrsatishda EHF taqdim etilishi
Siz ijtimoiy buyurtmani amalga oshirayotgan boʻlishingiz mumkin, lekin haq evaziga xizmat koʻrsatar ekansiz, bu tadbirkorlik faoliyatidir. Bunda EHF taqdim etilishi shart.
QQS toʻlovchisi guvohnomasi nofaol boʻlgan xaridorga EHF yuborish
Qonunchilikda QQS toʻlovchisi guvohnomasi nofaol boʻlgan xaridorga EHF yuborish ta’qiqlanmagan.
Dorixona EHF rasmiylashtirdi
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishda nazorat kassa-mashinasi hamda toʻlov terminallaridan foydalanish talablariga rioya etish – litsenziya shartlaridan biridir.
Onlayn-NKT va barqarorlik reytingini hisoblashda cheklar orasida tafovut
Mazkur holatda siz soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti (https://my3.soliq.uz/) orqali “Onlayn-NKT ma’lumotlari” xizmati orqali oy davomi urilgan cheklarni tekshirib chiqishingiz kerak.
Oy oxiridagi sana bilan bir marta EHF rasmiylashtiriladigan faoliyat turlari
VMQ qonunosti hujjati boʻlib, uning me’yorlari haqidagi savolingizga rasmiy sharh olish uchun bevosita VMQga murojaat qilishingiz mumkin.
Import qilingan texnologik asbob-uskuna lizingga berilganda EHF rasmiylashtirish
Mazkur holatda EHFda lizingga berilayotgan texnologik asbob-uskuna MXIKi koʻrsatiladi.
Sotuvchi va xaridor bir manzilda joylashganida ETTYuX
Qonunchilikda tovar xaridorga qoʻlda koʻtarib yetkazib berilganida ETTYuX rasmiylashtirilishi koʻzda tutilmagan.
Tovar eksportida EHF va TTYu rasmiylashtirish
Tovarlar eksporti boʻyicha bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilganda hisobvaraq-faktura taqdim etilishi shart emas.
Qurilish-ta’mirlash ishlari miqdori kamaytirilganligini aks ettirish
Qurilish-ta’mirlash ishlari tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) toʻgʻrisidagi Ma’lumotnoma-hisobvaraq-faktura taqdim etiladi. Bu EHFdan farqli hujjatdir.
Moliyaviy chegirma berilganda EHF rasmiylashtirish
Moliyaviy chegirma berilganida - mazkur holatlar roʻy bergan sanada chegirma summasiga (manfiy belgi bilan) qoʻshimcha hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.
Korporativ karta orkali xarid qilinganida ETTYuX rasmiylashtirilish
ETTYuX korporativ karta orqali xarid qilingan va yuk transportida joʻnatilgan mahsulotga rasmiylashtiriladi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter