Javob beramiz

Hujjat aylanishi

Inkassatsiya xizmati filialida xarajatlar va soliqlar hisobini yuritish


Ushbu savolga aniq javob berish uchun qoʻshimcha ma’lumotlar talab qilinadi.

Komissionerning mahsulot sotilgani haqidagi hisoboti shakli


Komissionerning mahsulot sotilgani haqidagi hisoboti toʻgʻrisidagi ma’lumot “Hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va rasmiylashtirish Tartibi”ning IV Bobi 23-moddasida bayon etilgan.

Mahsulot komissiyaga berilganida tuziladigan hujjat shakli


Komitent komissionerga mahsulotni komissiyaga berganida yukxat (nakladnoy), topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.

Invoysdagi narx boʻyicha xatolik qanday tuzatiladi?


Import qilingan tovarning kontraktda qayd etilgan qiymati bilan invoys va BYuDda qayd etilgan qiymatida farq boʻlsa, ularni muvofiqlashtirish kerak. Buning uchun yo invoys oʻzgartirib BYuDga tuzatish kiritiladi yoki kontraktga tegishli oʻzgarish kiritiladi. 

Yangi bosh buxgalter hujjatlarni kimdan qabul qilib oladi?


Buxgalterlar oʻrtasida oʻtkaziladigan ishlarni qabul qilish-topshirish amali – bu majburiy tartib emas. Lekin amaliy jihatdan juda kerakli ishdir. Bu amal ilgari yoʻl qoʻyilgan ehtimoliy xatoliklarni va kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi.

Bir beti toza qogʻozda hujjat rasmiylashtirish mumkinmi?


Toʻlov topshiriqnomasi, shuningdek buxgalteriyaning birlamchi hujjatlari shunday rasmiylashtirilishi kerakki, unda aks ettrilgan ma’lumotlar tushunarli boʻlishi, hujjatdan foydalangan shaxsni adashtirmasligi kerak.

Buxgalteriya oʻtkazmalarini elektron tarzda saqlash mumkinmi?


Buxgalteriya hujjatlarini elektron tarzda saqlash mumkin. Bunda hujjatlarni olish va qogʻoz shaklidagi nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi shart.

Storno oʻtkazmasining mohiyati nimada?


Stornoning ma’nosi – ilgari qilingan oʻtkazmani orqaga qaytarishdir. Storno operatsiyasini ikki xil usul bilan amalga oshirish mumkin, natija bir xil boʻladi. 

Avizo hisob-kitoblari toʻgʻrisida ma’lumot


Avizo termini – bu biror-bir xoʻjalik yoki moliyaviy operatsiyaning bajarilishi haqida ma’lumot berishni bildiradi. U kontragentlar, banklar, filiallar orasidagi ish yuzasidan olib boriladigan aloqada “xabarnoma” sifatida ishlatilishi mumkin.

Ishchi-xodim avtomashinasiga yoqilgʻi quyish xarajatlari hisobi


Soliq toʻlovchining xarajatlari asoslangan hamda hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.