Javob beramiz
JShDS
Dehqon bozorlaridan sotib olingan oziq-ovqat mahsulotlarini kirim qilish va JShDS boʻyicha imtiyoz
Jismoniy shaxslarning uy xoʻjaligida, shu jumladan dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan hayvonlarni (qoramollarni, parrandalarni, moʻynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar va hokazolarni) tirik holda hamda ularni soʻyib mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda sotishdan (bundan sanoatda qayta ishlash mustasno) chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlariga JShDS solinmaydi.
Koronavirus pandemiyasida qiynalgani sababli berilgan moddiy yordam imtiyozli emas
Xodimlarga «koronavirus pandemiyasida moddiy tarafdan qiynalib qolganligi uchun» deb beriladigan moddiy yordamga nisbatan JShDS boʻyicha imtiyoz qoʻllanilmaydi.
SK 377-moddasi 1-qismi 10-qismi 5 ta xatboshidan iborat
PF-5986ga binoan 7,5 MHTEKMgacha JShDSga tortilmaydigan moddiy yordam turlari
2020 yilda xodimga toʻlanadigan, JShDSga tortilmaydigan moddiy yordam summasi mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 4,22 baravaridan 7,5 baravarigacha oshiriladi.
Dori vositalarini bepul tarqatish
Dori vositalarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxona ularni jismoniy shaxslarga bepul tarqata olmaydi.
AVda 27.05.2010 yilda 2107-son bilan roʻyxatga olingan qaror va unga ilovadagi Nizom hozir ham kuchda
AVda 27.05.2010 yilda 2107-son bilan roʻyxatga olingan qarorga va unga ilovadagi Nizomga yangi tahrirdagi Soliq kodeksi kuchga kirgach oʻzgarishlar kiritilmadi. Shunga qaramay, Nizom oʻz kuchini yoʻqotmagan.
Xodimlarni tushlik bilan ta’minlash va soliq oqibatlari
Oziq-ovqat qiymati yoki oziq-ovqat qiymatini qoplash xodimlarning ish haqi tarzidagi daromadi hisoblanadi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun berilgan moddiy yordam summalari boʻyicha jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya topshirish kerakmi
Yuk, korxona ishchilari korxona tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun berilgan moddiy yordam summasi boʻyicha 2020 yil yakunlari boʻyicha jami yillik daromadi toʻgʻrisida deklaratsiya topshirmaydilar.
Pandemiyada dori-darmon sotib olish uchun berilgan moddiy yordam JShDSga tortiladi
Ha, pandemiya davrida dori-darmon sotib olish uchun xodimlarga berilgan moddiy yordam summasi JShDSga tortiladi.
Xodimlarni koronavirusga testdan oʻtkazishda korxonaning xarajatlariga soliq solish
Covid-19 ga testdan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlaringiz xodimlarning daromadi hisoblanmasligi va tegishincha, ularga JShDS solinmasligi lozim.
Jismoniy shaxsning korxona ustav fondidagi ulushini sotib olishda buxgalteriya oʻtkazmalari va soliq oqibatlari
Korxona boshqa bir korxona ta’sischisi boʻlmish jismoniy shaxsdan uning 100 mln.soʻmlik ulushini 120 mln.soʻmga sotib olganida ushbu jismoniy shaxsda 20 mln.soʻm miqdorida mulkiy daromad paydo boʻladi va soliq agentida JShDSga tortiladi.
Chet ellik xodimlar bilan mehnat munosabatlari - yuqori malakali bosh direktor uchun soliq boʻyicha imtiyoz
Agarda sizning korxonangiz geofizika bilan bogʻliq boʻlib, bosh direktor parallel ravishda yana mutaxassis sifatida ishlasa, bunda uning ish haqi yiliga 60 ming AQSh dollari ekvivalentini yoki undan koʻpni tashkil etsa, siz uning daromadlariga pasaytirilgan stavkani qoʻllashga haqlisiz".
Kvartirani ijaraga berishda II guruh nogironi - pensioner uchun yuzaga keladigan soliq oqibatlari
JShDS solish maqsadlarida jismoniy shaxslarning kvartirani ijaraga berishdan olgan daromadlari mulkiy daromad hisoblanadi
2 yoshgacha boʻlgan bola parvarishi boʻyicha nafaqaga ShJBPHni solish
2 yoshgacha boʻlgan bola parvarishi boʻyicha nafaqa xodimaning boshqa daromadi boʻlib hisoblanadi hamda unga JShDS va ShJBPHga badallar solinadi.
Direktor oʻzining shaxsiy avtomobiliga korporativ kartadan pul toʻlab benzin sotib olganda yuzaga keladigan soliq oqibatlari
Direktor korporativ kartadan toʻlov oʻtkazgan holda shaxsiy avtomobiliga sotib olgan benzin qiymati uning uchun moddiy naf tarzidagi daromad hisoblanadi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter