Javob beramiz
Muassislar bilan hisob-kitoblar
Agar buхgalteriya hisobida avval dividendlarni toʻlashga yoʻnaltirilgan foydaning kamayishiga olib kelgan хato aniqlangan boʻlsa, ortiqcha olingan dividendlarga daromad soligʻi qoʻshimcha hisoblanib, bu dividendlar muassislarning boshqa daromadlariga kiritilishi kerakmi?
Dividendlar taqsimlanganidan keyin ularni muassislarga toʻlashning cheklangan muddatlari mavjudmi?
Qonunchilikda mas’uliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon jamiyat deb yuritiladi) muassislari oʻrtasida taqsimlangan foydani toʻlash muddatlari belgilanmagan.
Xususiy korхona mulkdoriga avtomobilni sof foyda toʻlovi hisobiga topshirish tartibi qanday? Bunday topshirishni buхgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi? Soliq oqibatlari qanday boʻladi?
Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomning 3-bandiga muvofiq (OʻzR VMning 07.03.2006 yildagi 38-son qaroriga ilova) bunday bitimlar notarial tartibda tasdiqlanishi kerak.
Muassis tomonidan ustav fondi kamaytirilishi bilan bogʻliq holda olingan pul mablagʻlariga soliq solish kerakmi?
Muassis tomonidan ustav fondiga hissa doirasida olingan pul mablagʻlari soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi. Muassis tomonidan ustav fondiga kiritilganidan ortiq olingan pul mablagʻlari toʻlov manbaida 10 foiz dividend soligʻi solish ob’yekti hisoblanadi.
- 1
- 2

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter