Javob beramiz
Jismoniy shaxslarga soliq solish
- Imtiyozlar
- Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va fuqarolarning sugʻurta badallari
- Mol-mulk soligʻi va yer soligʻi
- Qat’iy belgilangan soliq
Oliy oʻquv yurtida oʻqish uchun kontrakt puli kredit hisobidan toʻlanganida JShDS boʻyicha imtiyoz
Xodim 26 yoshga toʻlmagan farzandining oliy oʻquv yurtida oʻqishi uchun tijorat bankidan ta’lim kreditini olgan boʻlsa, hamda kreditni qoplash uchun ish beruvchi xodimning ish haqi va boshqa daromadlari hisobidan bankka toʻlov qili
Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida yollangan jismoniy shaxsga xizmat safari xarajatlari toʻlanmasligi
1.Mart oyida Oʻzbekiston rezidenti statusiga ega boʻlgan ishchiga ushbu oy uchun JShDS yil boshidan oʻsib boruvchi yakun bilan 12% stavkada hisoblanadimi? 2.Agar hisoblansa, mart oyida JShDS manfiy (-) qoldiq bilan chiqsa, JShDS va YaIT hisob-kitobi hamda uning 5-6 ilovalari qanday toʻldiriladi?
Soliq summasi manfiy chiqishi shuni anglatadiki, xodimda mazkur oyda soliqqa tortilishi lozim boʻlgan daromad mavjud emas, mos holda, soliq summasi ham «0» ga teng boʻladi.
1.2019 yilda ushbu toʻlovlar jismoniy shaxslardan ushlanadigan daromad soligʻiga tortiladimi? 2.Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobraqamiga 0.1% miqdoridagi toʻlov jami daromaddan ushlanadimi yoki jismoniy shaxslarning daromadidan ushlanadigan soliqdan chegiriladimi?
Jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydigan toʻlovlar va ularning soliq solinmaydigan daromadlari SKning, tegishincha, 171-moddasi va 179-moddasida koʻrsatilgan. ShJBPHRga badallar JShDSdan ushlab qolinadi.
Ta’sischi roziligi bilan jamiyat hisob rakamidan korxonada ishlamaydigan jismoniy shaxs plastik kartochkasiga uy-joyini ta’mirlash uchun oʻtkazib berilgan pul mablagʻi qanday soliqlarga tortiladi?
Jismoniy shaxsga berilgan pul ushbu jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadi hisoblanadi va JShDSga tortiladi. Korxona foyda soligʻi toʻlovchisi boʻlsa, ushbu xarajat chegirilmaydigan xarajat hisoblanadi.
Jismoniy shaxs oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulknini sotganda qanday soliqlar toʻlash majburiyati kelib chiqadi va qancha miqdorda toʻlanadi?
Jismoniy shaxs oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan maxsus texnikani (yuk koʻtarish transportini) sotsa, ushbu jismoniy shaxsda soliq toʻlash majburiyatlari yuzaga kelmaydi.
Jismoniy shaxs oʻz kelining oliy oʻquv yurtida oʻqishi uchun kontrakt pulini toʻlasa, ushbu summa jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortiladimi?
Jismoniy shaxs oʻz kelining oʻqishi uchun pul toʻlaganida u soliq imtiyozidan foydalana olmaydi.
1.Yuqoridagi xolatda asosiy ish joyim va boshqa joylarda belgilangan shkala boʻyicha soliq ushlab, yil yakunida tuman soliq inspeksiyasiga deklaratsiya topshirsam boʻladimi? 2.Ushbu holatda korxona tomonidan qanday hisobot topshirish kerak?
Asosiy boʻlmagan ish joyida xodimga beriladigan daromadni shkala boʻyicha JShDSga tortish va yil tugagach xodim soliq xizmati organiga deklaratsiya topshirishi mumkin.
1.Jimoniy shaxsga begʻaraz (tekinga) berilgan ulush xisobiga jismoniy shaxsda soliq toʻlash majburiyati yuzaga keladimi? 2.Agar soliq toʻlash majburiyati yuzaga kelsa, soliqni hisoblab chiqish tartibi qanday boʻladi?
Yuridik shaxs tomondan jismoniy shaxsga tekinga berilgan ulushlar, paylar uning moddiy naf tarzidagi daromadi boʻlib hisoblanadi va JShDSga tortiladi. Soliq deklaratsiya asosida toʻlanadi.
1. Xodimning “boshqa daromadlarini” hisoblashda 6710 schyotining ishlatilishi auditor yoki boshqa tekshiruvchilarda buxgalteriya hisobi notoʻgʻri tashkil etilgan degan fikrni tugʻdirmaydimi? 2. Bunday holatda 6990 schyotining ishlatilishi hakida qanday tavsiya bera olasiz?
Xodimlarning barcha daromadlarini 6710 schyotida hisobga olish qonunga zid emas. Lekin ba’zi holatlarda jami daromad avval 6710da hisobga olinib, keyin esa ayrim summalar 6990 schyotida aks ettirilishi ham mumkin.
Agar jismoniy shaxs bir yil davomida oʻziga tegishli boʻlgan ikkita xovli-joyni sotsa, solik tulovlari qay tarzda amalga oshiriladi?
Jismoniy shaxs oʻziga tegishli mol-mulkni sotishdan olgan daromadiga, agar unga toʻlov manbaida soliq solinmagan boʻlsa, soliq xizmatiga daromadlari haqida deklaratsiya topshirish orqali soliq solinadi.
Xonamda boqilayotgan, oʻz mulkim xisoblangan bu qushlarni sotganimda menda qanday soliq majburiyatlari yuzaga keladi?
Jismoniy shaxs YaTT sifatida dekorativ qushlarni koʻpaytirish va sotish bilan shugʻullansa, belgilangan stavkada soliq toʻlaydi.
Yigirma olti yoshga kirgan shaxs oliy oʻquv yurtida oʻzining oʻqishi uchun kontrakt pulini oʻz ish haqisidan toʻlasa Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandiga asosan beriladigan soliq imtiyozidan foydalanishi mumkinmi?
Yoshi yigirma oltidan oshgan talaba oʻz ish haqisini oʻzining OʻzR oliy oʻquv yurtlarida oʻqishi uchun yoʻnaltirsa, u SKning 179-moddasi 31-bandida belgilangan soliq imtiyozidan foydalanish huquqiga ega boʻladi. Yosh boʻyicha cheklov bunday holatlarga tegishli emas.
Yangi ishga qabul qilingan xodim 2018 yil boshida boshqa tashkilotda ishlagan boʻlsa, uning avvalgi ishlagan korxonasidan ish haki toʻgʻrisida ma’lumotnoma olib kelmaganligi sababli maksimal stavkada daromad soligʻi ushlash mumkinmi?
Jismoniy shaxs yil davomida asosiy ish joyini oʻzgartiganida avvalgi ish joyidan ymo doshidan olgan daromadi va ushlab qolingan soliq summasi haqida ma’lumotnoma olib kelib bermasa, undan maksimal stavkada soliq ushlab qolinadi.
Xodimning korxonaga farzandining oʻqishiga toʻlov boʻyicha qarzini yopish uchun uning daromadidan ushlab qolinayotgan ish haqiga Soliq Kodeksining 179 - modda 31- bandiga muvofiq imtiyoz qoʻllash mumkinmi?
Jismoniy shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining oʻqishi uchun yoʻnaltiriladigan daromadlariga (shu jumladan “supper kontrakt” boʻyicha) soliq solinmaydi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter