Javob beramiz

Foyda soligʻi

«Avtokameral» dasturi korxona jismoniy shaxsdan olingan TMB summasini chegirilmaydigan xarajat deb hisoblamoqda


Korxona soliq organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.

Oʻzbekistonga olib kirmasdan tovarlarni sotib olish va sotish operatsiyalari boʻyicha qanday soliqlar toʻlanadi


Oʻzbekiston korxonasida foyda soligʻi boʻyicha majburiyatlar yuzaga keladi.

Da’vo muddati oʻtgan debitorlik qarzlarini hisobdan chiqarish


Agar korxona umumiy da’vo muddati oʻtgan debitorlik qarzlarini hisobdan chiqarmoqchi boʻlsa, avval inventarlashni oʻtkazishi lozim.

Davlat muassasasining foydasi qanday taqsimlanadi


Agar ta’sis hujjatlariga muvofiq muassasaga daromad keltiradigan faoliyat bilan shugʻullanish huquqi berilgan boʻlsa, bunday faoliyatdan olingan daromad va bu daromad hisobidan sotib olingan mol-mulk muassasaning mustaqil tasarrufiga oʻtadi va alohida balansda hisobga olinadi.

Korxona tugatilayotganda hisob-kitoblardan ortgan pul mablagʻlarini taqsimlash

Tovarni boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotishda daromadni tan olish va soliq oqibatlari


Sizning vaziyatingizda EHF 6000 soʻmga rasmiylashtiriladi.

Ish beruvchi xodimlarining tibbiy koʻrikdan oʻtishini tashkil qilganda soliq oqibatlari


Ish beruvchi xodimlarining tibbiy koʻrikdan oʻtish xarajatlarini toʻlab berganda jismoniy shaxsda imtiyoz sababli soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi, ijtimoiy soliq solinmaydi. Foyda soligʻi boʻyicha soliq oqibatlari yuzaga keladi.

Sugʻurta tovoni


Sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta summasi) tarzida olingan mablagʻlar daromad sifatida hisobga olinmaydi.

Ijtimoiy sohada faoliyat yuritayotgan korxonaning qarzidan voz kechilganda soliq oqibatlari


Agar mol yetkazib bergan korxona xaridorning qarzdorligingizdan voz kechsa, xaridor korxonada majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromad yuzaga keladi. Agar korxonaning ijtimoiy sohadan olingan daromadining jami daromaddagi ulushi 90% va undan ortigʻini tashkil etsa, korxonaning jami daromadiga foyda soligʻining 0%li stavkasi qoʻllaniladi.

Mehmonxona xizmatlari eksportida 0%li foyda soligʻi stavkasini qoʻllash


Mehmonxona xizmatlarini eksport qilishda korxonangiz hisob raqamiga chel el valyutasida daromad kelib tushsa, foyda soligʻining 0%li stavkasini qoʻllashingiz mumkin.

Mehmonxona xizmatlari eksportida 0%li foyda soligʻi stavkasini qoʻllash


Tovarlarni (xizmatlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda 0%li stavkada foyda soligʻiga tortiladi

Yuridik shaxs mol-mulkni tekinga ijaraga olganida soliq oqibatlari


Yuridik shaxsda soliq solish maqsadida tekin olingan mol-mulk (mulkdan tekin foydalanish huquqi) koʻrinishidagi daromad yuzaga keladi.

Foizsiz moliyaviy yordam


Qaytarish sharti bilan foizsiz moliyaviy yordam koʻrsatilganda qarz beruvchida hech qanday soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.

Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisi foyda soligʻini 0% stavkada toʻlashi


Agar korxonangizning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan olingan daromadi jami daromadning kamida 80%ini tashkil etsa (ya’ni depozitlardan olingan foizlar va boshqa daromadlar 20% yoki undan kam miqdorni tashkil etsa), u foyda soligʻini 0%li stavkada toʻlaydi.

Qoplab beriladigan xarajatlarning buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari


Agar korxonangiz komissionerga qoplab bergan pul mablagʻlarini xarajat deb tan olgan va foyda soligʻini hisoblashda chegirgan boʻlsa, chet ellik hamkordan qoplatilgan pullar daromad deb hisoblanadi va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda jami daromad tarkibiga kiritiladi.