Javob beramiz

Foyda soligʻi

Parranda yetishtirish bilan shugʻullanishda foyda soligʻini 0%li stavkada toʻlash


Oʻzi ishlab chiqargan oʻz qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foyda boʻyicha SK 57-moddasida nazarda tutilgan mezonlarga javob beruvchi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xoʻjaligi korxonalari foyda soligʻini 0%li stavkada toʻlaydilar.

Tovarlar eksportida foyda soligʻining 0%li stavkasini qoʻllash


Tovarlarni (ishlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda 0%li stavkada foyda soligʻiga tortiladi.

 

Qonunchilik qoidalaridan kelib chiqadigan xarajat chegirilishi


Foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda bunday xarajat chegiriladi, chunki u qonunchilik qoidalaridan kelib chiqadi.

TMZlarni ma’naviy eskirganligi sababli hisobdan chiqarishning soliq oqibatlari


Tovar-moddiy qimmatliklarni ma’naviy jihatdan eskirganligi sababli hisobdan chiqarishdan koʻrilgan zararlar foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegirilmaydi.

Eksport hajmining ulushidan qat’i nazar foyda soligʻi boʻyicha 0%li stavkani qoʻllash


Ha, mumkin. Bu normani qoʻllash uchun my.soliq.uz saytidagi Foyda soligʻi hisob-kitobida imkoniyat mavjud boʻlishi kerak.

Foizsiz moliyaviy qarzdan foydalanishdagi daromad faqat soliq solish maqsadida aniqlanishi


Qarz oluvchining bunday daromadi faqat soliq maqsadida aniqlanadi, buxgalteriya hisobida aks ettirilmaydi.

Gudvillga hisoblangan amortizatsiyaning chegiriladigan xarajat ekanligi


Soliq solish maqsadida gudvillga hisoblangan amortizatsiya iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlagan xarajat, chunki qonunchilikning qoidalaridan kelib chiqadi.

 

Xizmatlarni eksport qilishning soliq oqibatlari


Xizmatlarni eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda 0%li stavkada foyda soligʻiga tortiladi.

Yoqilgʻini hisobdan chiqarishda foyda soligʻi boʻyicha soliq oqibatlari


Avtomobildan korxonaning faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy maqsadlarda foydalanilganda, shuningdek, undan boshqa shaxslar foydalanganida ishlatilgan korxona tomonidan sotib olingan yoqilgʻi qiymati jismoniy shaxslarning moddiy naf tarzidagi daromadi hisoblanib JShDSga tortiladi va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegirilmaydi.

Qoliplarni ishlab chiqaruvchiga tekinga berib turishning soliq oqibatlari


Qoliplardan tekinga foydalanish shartnomasining soliq oqibatlari shartnoma shartlariga bogʻliq.

Investitsiyaviy chegirmani qoʻllash davri


Yoʻq, mumkin emas. Investitsiyaviy chegirma yangi texnologik uskunani ishga tushirish amalga oshirilgan hisobot (soliq) davrida qoʻllaniladi.

Ta’sischi tomonidan oʻtkazilgan pul mablagʻlari hisobi va soliq oqibatlari


Agar bu maqsadli tushumlar SK 48-moddasida keltirilgan talablarga javob bersa, foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda daromad sifatida qaralmaydi.

Debitorlik qarzini talab qilish huquqini sotib olishning soliq oqibatlari


Qarzdordan talab boʻyicha asosiy qarzdan olinishi lozim boʻlgan summa, shu jumladan talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish sanasidagi asosiy qarzdan ortiq summa bilan talab qilish huquqini olish qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq  korxonangizning daromadi hisoblanadi.

Qarz shartnomasi asosida pul kiritish va soliq oqibatlari


Qarz shartnomasi qanday tuzilishi bilan Fuqarolik kodeksining 732-743-moddalarida tanishishingiz mumkin.

Yordamchi xoʻjaliklar xarajatlarining soliq oqibatlari


Yordamchi xoʻjaliklar faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegiriladigan xarajatlar deb tan olinadi.