Javob beramiz
Umumiy masalalar
Import qilingan tovarga chegirma
Chegirma TMZni xarid qilish paytida berilgan boʻlsa, BYuD tovarning chegirmali bahosiga rasmiylashtiriladi, tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga ham shu summa kiritiladi.
Import qilingan tovarlarni korxona ustav fondiga ulush sifatida kiritish imkoniyati va soliq oqibatlari
Ustav fondiga qoʻshilgan hissa tarzida olingan mablagʻlar korxona daromadi hisoblanmaydi.
Import qilingan tovar narxining oshirilishi
Ha, tomonlar kelishuviga asosan import shartnomasiga qoʻshimcha shartnoma tuzib import qilingan dori vositalarining narxini oshirish mumkin.
Aytingchi, xorijiy “V” korxona oʻzining “S” korxonadagi debitorlik qarzini uch tomonlama shartnoma orqali “A” korxonaga oʻtkazishi mumkinmi (“S” korxona joriy sanadagi kursda toʻlovni mahalliy valyuta – soʻmda amalga oshiradi)? Agar mumkin boʻlsa, soliq organlari biror bir qarshilik qilmasligi uchun qanday yoʻl tutish lozim?
Norezident debitorlik qarzini boshqa rezident korxona bilan oʻzaro hisob-kitob qilish yoʻli bilan yopishi mumkin emas.
Muammo shundaki, OTA pulni yuborganda bank OTA bilan tuzilgan shartnomalar bank talablariga mos kelmasligini aytadi. Foydalanuvchi esa bank talablariga mos keladigan ikki tomonlama tasdiqlangan kontrakt, invoys, dalolatnomani taqdim etolmaydi, chunki ular onlayn tuzilgan. Bunday hollarda OTA orqali ishlash qonuniy qanday amalga oshiriladi?
Tovarlar Oʻzbekiston xududiga olib kirilmaydigan shartnoma turi, ushbu shartnomani amalga oshirishning Oʻzbekiston korxona uchun soliq oqibatlari
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib va boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati xususiyatlari
Kechiktirilgan QQS summasiga Bojxona kodeksida va Vazirlar Mahkamasining 10.02.2020 yildagi 76-sonli qarorida koʻrsatilgan foizlarni qoʻllash maqsadga muvofiq boʻladi.
Xizmatlar eksporti – bu nima?
Korxonangiz tomonidan chet ellik yuridik shaxsga koʻrsatilayotgan konsalting xizmatlari xizmatlar eksporti deb tan olinadi.
Jahon narxlaridagi tebranishlarni hisobga olgan holda
Bunda bozor kon’yunkturasining oʻzgarishlari uning shakllanishiga ta’sir koʻrsatmaydi, sababi ma’lum qilinadigan narx avvalboshdan tashqi savdo operatsiyalari vaqtidagi jahon bozor narxlarining silkinishlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Pandemiya davrida erkin savdo zonasi toʻgʻrisidagi bitimlar va eng koʻp qulaylik berish rejimi asosida import imtiyozlari
Tashqi savdo faoliyatiga kiradigan bitimlar
Tashqi savdo faoliyati xalqaro tovarlar, ishlar, xizmatlar savdosi sohasidagi tadbirkorlik faoliyatidir.
Oʻzbekiston hududiga olib kirmagan holda tibbiyot uskunalarini yetkazib berish
DBQ Tashqi savdo operatsiyalari va bojxona statistikasi monitoringi boshqarmasi xorijiy tovarni Oʻzbekiston Respublikasi orqali haqiqatda olib oʻtmagan holda xarid qilish va qayta sotishga oid tashqi savdo operatsiyalarini oʻtkazishga taalluqli boʻlgan murojaatni koʻrib chiqib, quyidagilarni ma’lum qildi.
Toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun import qilinayotgan xom ashyo va materiallarga imtiyoz
2020 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarishning soddalashtirilgan tartibi amal qiladi va eksport qiluvchining oʻrnatilgan tartibda beriladigan arizasiga asosan qaytarilishi shart.
Imtiyozli import jihozlarni sotishdan QQS
Bojxona imtiyozlarini qoʻllagan holda import qilingan texnologik jihoz Oʻzbekiston hududida realizatsiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda bojxona toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar yuzaga kelmaydi.
Karantin davrida bojxona toʻlovlarini kechiktirib va boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati Prezident yoxud Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan uzoqroq muddatlarga va bojxona toʻlovlari toʻlanishi ta’minlanmagan holda berilishi mumkin.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter