Javob beramiz
Imtiyozlar
1. Erkin iqtisodiy zona ishtirokchilariga qanday imtiyozlar mavjud? 2. EIZ ishtirokchilari import qilganida imtiyoz qoʻllansa, import boʻyicha QQS summasi buxgalteriyada qanday hisobga olinadi? 3. EIZ ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxs qanday soliq hisobotlarini topshiradi?
Erkin iqtisodiy zona ishtirokchilariga yer soligʻi, foyda soligʻi, mulk soligʻi, YaST boʻyicha imtiyozlar, shuningdek, import qilishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilish tarzidagi imtiyozlar berilgan. Ulardan foydalanish uchun qonun hujjatlarida belgilangan shartlar bajarilishi lozim.
Korxona gofrlangan karton idish ishlab chiqarish boʻyicha Prezidentininng 20.11.2018 yildagi 4020 sonli Qarorida kuzda tutilgan foyda soligʻi hamda QQSdan 3 yillik imtiyozga ega boʻladimi?
Siz korxonangiz ishlab chiqargan gofrlangan karton idishlarni issiqxona komplekslariga yetkazib berilgan hajmiga soliq imtiyozlarini qoʻllashingiz mumkin.
Soliqchilarning talabi toʻgʻrimi, PQ-2687 boʻyicha imtiyozlarni jami tushumga ngisbatan qoʻllash mumkinmi, yoki faqat trikotaj mahsulotlarni sotishdan olingan tushuga qoʻllaniladimi?
PQ-2687-sonli qarordagi imtiyozlar, belgilangan shartlar bajarilgan taqdirda, jami tushumga nisbatan qoʻllaniladi.
Korxona 2017 yil yakuni boʻyicha barcha faoliyat turlaridan imtiyoz huquqiga ega boʻladimi?
Yil yakuni boʻyicha umumiy realizatsiya hajmidagi ustun boʻlgan mahsulotga nisbatan imtiyoz qoʻllash mumkin. Mazkur vaziyatda tibbiyot mahsulotlarini sotishdan tushum umumiy realizatsiya hajmining 60 foizidan ortiq.
Yangi kirib kelgan "Soliq ta’tillari", "Halol soliq toʻlovchi" iboralari asosida bu imtiyozdan qaysi soliq toʻlovchi , qaysi faoliyat turi bilan shugʻullanadigan soliq toʻlovchilar foydalanishi mumkin?
Soliq ta’tillari tarzida beriladigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash SKning 54-moddasida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilarga beriladi.
Daval asosida bichish va tikish xizmatini koʻrsatuvchi korxona 2009 yil 28-yanvardagi №1050-Qaroridagi imtiyozlarni qoʻllashi mumkinmi?
Yoʻq, PQ-1050-son Qarorning roʻyxatida keltirilgan mahsulotlarni daval asosida bichish va tikish xizmatini koʻrsatishda korxona ushbu Qaror bilan belgilangan imtiyozlardan foydalana olmaydi.
Eksport ulushidan kelib chiqib, korxona maqsadli yoʻnaltiriladigan imtiyozli soliq summasini pasaytirilgan YaST stavkasida hisoblashi mumkinmi?
Ha, eksportni amalga oshiruvchi korxonalar imtiyozli maqsadli soliq summasini hisoblash uchun pasaytirilgan YaST stavkasida soliq summasini hisoblashi kerak.
Choy olib kelib, qadoqlab sotish faoliyati bilan shugʻullanadigan korxonalar uchun qanday soliq imtiyozlari berilgan?
Choy qadoqlab sotish bilan shugʻullanuvchi korxonalar uchun YaST boʻyicha imtiyozlar belgilanmagan. Chunki ushbu faoliyat mahsulot ishlab chiqarish faoliyati boʻlib hisoblanmaydi.
Shu xolatda soliq solish bazasini 25% kamaytirish imtiyozi maxsulot sotishdan tushgan tushumga asosiy vositalarni sotishdan olingan daromad koʻshilgan holda YaST hisoblanadimi yoki maxsulot sotishdan tushgan tushumga 25% imtiyoz qoʻllab, asosiy vositalarni sotidan olingan daromadga esa imtiyoz qoʻllamagan holda toʻliq soliqqa tortishimiz kerakmi?
Yagona soliq toʻlovini hisoblashda soliq solish bazasini 25 foizga kamaytirish imtiyozi maxsulot sotishdan tushgan tushumga asosiy vositalarni sotishdan olingan daromad qoʻshilgan holda jami soliq solish bazasiga nisbatan qoʻllaniladi.
1. Prezidentning 10.05.2012 yildagi PQ-1754-sonli qarorida koʻzda tutilgan imtiyozlar nodavlat ta’lim muassasalariga (NTM) ham tegishlimi? 2. Ushbu qarorda mikrofirma va kichik korxonalarni 2017 yil 1 yanvargacha yagona soliq toʻlovidan ozod qilinishi nazarda tutilganmi? 3. Soliqdan ozod kilingan summa maqsadli ishlatilishi koʻzda tutilganmi? 4. Maqsadli ishlatish deganda nima tushuniladi? Ularni qanaqa maqsadlarda ishlatish kerak? 5. Maqsadli va maqsadli boʻlmagan imtiyozlarni buxgalteriya hisobida hamda soliq hisobotlarida qanaqa tartibda aks ettirish lozim? Buxgalteriya oʻtkazmalari qanday boʻladi?
Agar NTMlar tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha notijorat tashkiloti hisoblansa, unda ular 2017 yil 1 yanvardan boshlab kichik tadbirkorlik sub’yekti boʻlib hisoblana olmaydi. Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli boʻlmagan yuridik shaxslar mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan imtiyozlardan foydalanishga haqli emas.
Paxta tolasidan tayyorlangan xom trikotaj matoni sotib olib, uni boʻyash ishlarini amalga oshirilganda – oʻzi ishlab chiqargan mahsulot boʻlib hisoblanadimi? Ushbu mahsulotni chet elga eksport qilinganda soliq toʻlovlari, bojxona toʻlovlari va valyutani majburiy sotuv boʻyicha imtiyozlar olish mumkinmi?
Sizning holatingizda eksportdagi imtiyoz va preferensiyalarni qoʻllash maqsadida sizning mahsulotingiz oʻzi ishlab chiqargan mahsulot sifatida qaralmaydi.
Nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar qaysi paytdan boshlab YaST boʻyicha imtiyozni qoʻllashi kerak: joriy 2016 yil boshidanmi yoki ariza taqdim etgan paytdan boshlabmi?
Nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarga imtiyozlar ariza taqdim etilgan paytdan boshlab, ammo korxona belgilangan shartlarga javob bergan butun soliq davriga tatbiq etiladi.
Yangi texnologik jihozni ijaraga berishda YaST boʻyicha soliq imtiyozini kim qoʻllashi kerak, ijarachimi yoki ijaraga beruvchimi?
Asosiy faoliyat turi – ip gazlama sanoati (XXTUT kodi: 17116) boʻlgan, yangi ochilgan va ustav fondi 150,0 ming AQSh dollari, shundan xorijiy ta’sischining ulushi 80% ga teng boʻlgan qoʻshma korxona qaysi turdagi soliqlardan qanday imtiyozlarga ega?
Toʻgʻridan – toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun berilgan imtiyozlar “Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun asosiy kafolatlar, imtiyozlar va afzalliklar roʻyxati”da (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.04.2012 y. PF-4434-son Farmoniga 1 – Ilova) batafsil keltirilgan.
Bir martalik marja (daromad) 10.05.2012y. 1754-sonli Prezident Qaroriga asosan YaSTdan ozod qilinadimi? Yoki undan soliq tulash kerakmi?
Imtiyozli xizmatlar turini koʻrsatishdan tushgan sof foyda tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotishdan tushgan foyda umumiy hajmining 80 va undan ortiq foizini tashkil etsagina, belgilangan imtiyozlar bir martalik marja koʻrinishidagi daromadlarga ham tatbiq etilishi mumkin.
- 1
- 2

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter