Javob beramiz
Soliq majburiyatlarini ijro etish
Jamiyatimiz yuqoridagi faoliyat boʻyicha umumbelgilangan soliq toʻlashi mumkinmi?
Korxonangiz soliq solish tartibini tanlashi mumkinligi yoki mumkin emasligi savol mazmunida koʻrsatilgan ishlar (mahsulotni xarid qilish, saralash, saqlash, qadoqlash) qanday shartnomalar asosida amalga oshirilishiga bogʻliq.
1. Koʻchmas mulk qaysi qiymat boʻyicha baholanadi va hisobga olinadi, kadastr qiymatidami yoki haqiqiy bozor qiymatidami? 2. Yer korxona balansiga kirganligi uchun soliq idoralariga xabarnoma yoki hisobot topshirish kerakmi? 3. Korxonamiz tomonidan soliqlar boʻyicha qanday majburiyatlarimiz bor, yer, mol-mulk soliqlari toʻlanadimi va qanday hisobotlar topshirishimiz kerak?
Ustav kapitalini shakllantirishda (aksiyadorlik jamiyatida aksiyalarga haq toʻlashda) kiritilayotgan mol-mulkning bahosi ta’sischilar oʻrtasida kelishilgan qiymatda belgilanadi (xususiy korxonada ta’sischining oʻzi belgilaydi).
1. Bunda biz qanday soliq turlarini toʻlovchisi boʻlamiz? 2. Qaysi soliq turlari hamda bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar mavjud?
Soliq toʻlovchi yuridik shaxslar soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllashi yoki umumbelgilangan soliqlar toʻlovchisi boʻlishi mumkin.
Ijro varaqasiga asosan MIB tuman boʻlimi depozit hisobraqamiga biror da’vo arizasi boʻyicha mol yetkazib beruvchi foydasiga qilingan toʻlovlar, davlat boji, ijro yigimlari, pochta xarajatlari boʻyicha qanday buxgalteriya oʻtkazmalari beriladi?
Ijro varaqasiga asosan da’vo arizasi boʻyicha toʻlangan jarimalar, da’vogarning biror-bir xarajatlarini qoplash, davlat boji, jarimalar, pochta xarajatlari va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar toʻlangan paytda xarajatlarga olinadi.
Korxonaning savdo doʻkoni ushbu korxona roʻyxatdan oʻtgan yuridik manzilida joylashmagan boʻlsa, u YaSTni qaysi stavka boʻyicha va qaysi tuman DSIga toʻlaydi?
Chakana savdo doʻkonining tovar oborotlari boʻyicha yagona soliq toʻlovi mazkur doʻkon joylashgan joy uchun belgilangan stavkada hisoblab chiqariladi va Yagona Gʻazna Hisobraqamiga oʻtkaziladi.
SKning 312-moddasida “quyidagilar davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarning toʻlovchilari boʻlmaydi: notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno; YaST va (yoki) YaYeS toʻlovchi yuridik shaxslar” deyilgan. Bunga nima deysiz?
SKning 313-moddasiga muvofiq, soliq toʻlovchilar turli xil soliq solish ob’yektlariga ega boʻllar, ular soliq solish ob’yektlarining alohida-alohida hisobini yuritishi va tegishli ob’yektlardan kelib chiqqan holda davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni toʻlashi shart.
Aholiga suyuq beton qorishmasini yetkazib berish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish uchun belgilangan tartibda NKM oʻrnatiladimi? Jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish paytida qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi va bunda jismoniy shaxs boʻlgan xaridorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadimi? Jismoniy shaxs xizmatlar uchun yuridik shaxsning bankdagi hisobraqamiga pul toʻlovini oʻtkazishi mumkinmi?
Jismoniy shaxslarga koʻrsatilgan ayrim turdagi xizmatlarni koʻrsatishda shartnoma, schyot-faktura, NKM cheki, terminal cheki kabi hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Yirik korxonalar qanaqa soliqlarni toʻlaydilar? Soliq solish bazalari qanday aniqlanadi va qaysi foizlarda hisoblanadi?
Yirik korxonalar umumbelgilangan soliqlar va majburiy toʻlovlarni toʻlaydilar. Ular boʻyicha soliq solinadigan baza SKga muvofiq aniqlanadi. Soliq stavkalari Prezidentning 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454 sonli Qarorida belgilangan.
Korxona ortiqcha undirib olingan Foyda soligʻi summasini qaytib olishga haqlimi?
Soliq toʻlovchi soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha ortiqcha toʻlangan summani qatarib olishga haqi bor. Bu SKning 56-57 moddalariga asosan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Komitent vositachilik shartnomasi asosida boshqa korxonaga dori vositalarini sotib berish topshirigʻini berishi mumkinmi? Bunda komissioner tomonidan sotilgan maxsulot (dori vosita)larni realizatsiya kilganligi uchun kanday solik okibatlari yuzaga keladi?
1. Ulgurji savdo korxonasi faoliyat yuritmagan davri uchun qanday soliqlarni toʻlashi va qanday soliq hisobotlarini topshirishi lozim? 2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini issiqxonalarda yetishtirish va uni aholiga sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxona qanday soliqlarni toʻlashi va qanday soliq hisobotlarini topshirishi lozim? 3. Oʻzida ishalab chiqarilgan qishloq xoʻjalik mahsulotilari chetga eksport qilinsa qanday soliqlar toʻlanadi va qanday soliq hisobotlari taqdim etiladi?
Ulgurji savdo korxonalari soliq solish tartibini tanlash huquqisiz Yagona soliq toʻlovini (YaST) toʻlaydilar.Qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar esa (belgilangan mezonlariga javob bersa) Yagona yer soligʻi (YaYeS) toʻlaydilar.
Ushbu holatda A tashkilotda qanday soliq oqibatlari vujudga keladi?
Ta’sischi chet ellik A korxona ustav fondini shakllantirish uchun uskunani S korxonaga topshirganda har ikkala korxona uchun hech qanday soliq oqibati yuzaga kelmaydi.
Byudjet tashkiloti tomonidan Byudjet kodeksining 60-63-moddalarida keltirilgan daromadlarning qaysilariga nisbatan soliqlar hisoblab chiqarilishi kerak boʻlishini va qaysilariga nisbatan soliqlar hisoblab chiqarilmasligini har bir daromad turi yuzasidan aniq koʻrsatib berishlaringizni soʻrayman.
Byudjet tashkiloti tomonidan Byudjet kodeksining 60-63-moddalarida belgilangan daromadlarning barchasiga nisbatan soliq imtiyozlari qoʻllanadi.
MChJ tasischisi korxonaning taqsimlanmagan foydasini Ustav fondini oshirishga yunaltirsa qanday soliq toʻlanadi? Bir yildan keyin Ustav fondi yana shu summaga kamaytirilsa qanday soliq toʻlanadi? . 1- apreldan boshlab ustav sifatida shakllantirsa solikka tortiladi deyilgan. 1 - aprelgacha yunaltirsam 1 yildan Keyin kamaytirsam solik tulash kerak buladimi? . Yangi tasischi 3 mlrd. soʻm taqsimlanmagan foydani Ustav fondini oshirishga yunaltiradi, 3 yildan keyin tasischi 3 mlrd. soʻmga Ustav fondini kamaytiradi? Solikka tortiladimi? ((V 2017 g. doxodi v vide dividendov, napravlenniye v ustavniy fond (ustavniy kapital) yuridicheskogo litsa, ot kotorogo oni bili polucheni, ne podlejali nalogooblojeniyu (ch. 4 st. 156 NK). Soglasno izmeneniyam v st. 156 NK eta lgota otmenyayetsya s 1 aprelya 2018 g. Dlya S etoy dati nalog budet vzimatsya so vsex doxodov v vide dividendov.)) Shunga izox bering iltimos
SKning 179-moddasi 19 bandiga asosan, imtiyoz qoʻllanilganidan soʻng bir yil ichidata’sischiga uning ulushi chiqarib berilganida ilgari soliq solishdan ozod qilingan daromadlarga umumiy asoslarda soliq solinadi. Mazkur imtiyoz 2018 yil 1 apreldan e’tiboran amal qilmaydi.
1. Xodim farzandi uchun OOʻYu kontraktini toʻlashga ish haqini yoʻnaltirsa, undan qancha miqdorda JShDS, ShJBPT, pensiya jamgʻarmasiga ajratma hisoblanadi? 2. Kontrakt toʻloviga qancha summa oʻtkaziladi?
JShDS hisoblash uchun dastlab imtiyoz qoʻllanadigan va qoʻllanmaydigan summani aniqlab olish kerak.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter