Javob beramiz

Ma’muriy javobgarlik

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati Sizdan quyidagi savolimizga javob berishingizni soʻraydi. Majburiy badal bir yil uchun oldindan toʻlanganda, shu yil davomida tarif oshdi. Mulkdordan qoʻshimcha yangi va eski tarif orasidagi farq olinadimi?


Shirkatning ustavi, yoki uning a’zolarining umumiy yigʻilishi tomonidan ushbu masala hal etilishi lozim. Agar u ochiq qoldirilgan boʻlsa, qayta hisob-kitob qilish va farqni mulkdordan toʻlashni talab qilish uchun asos mavjud emas.

Hurmatli tahririyat, yuqoridagi holatdan kelib chiqib mening quyidagi savollarimga oydinlik kiritib berishingizni soʻrayman: 1) Oʻzim istiqomat qiladigan uyim oldidagi yer maydoni (ogorod)ga nisbatan mening haq-huquqim qanday? 2) Yer maydoni (ogorod)larning obondonchiligi aslida kimning zimmasida? 3) Uy-joy shirkati va koʻp qavatli uyda istiqomat qiluvchilarning huquqlari va majburiyatlari nimalardan iborat? 4) Uy-joy shirkati koʻp qavatli uyda istiqomat qiluvchilardan qanday moliyaviy toʻlovlarni yigʻishga haqli? Jumladan, har yilning oхirida bizdan oʻzimiz yashaydigan хonadonning necha хonadan iboratligiga qarab, yillik “uy toʻlovi” undiriladi. Bu “toʻlov” turi qanaqa majburiy toʻlov ekanligiga oydinlik kiritishingizni soʻrayman. 5) Uy-joy shirkati koʻp qavatli uyda istiqomat qiluvchilardan yigʻgan moliyaviy toʻlovlarni qanday maqsadlarga yoʻnaltirishi shart? 6) Uy-joy shirkati faoliyati qoniqtirmasa kimga shikoyat qilish mumkin?


Agarda fuqarolarni uy-joy mulkdorlari shirkatining faoliyati qoniqtirmasa, mahalliy davlat organlari, prokuratura yoki sudga shikoyat va arizalar bilan murojaat qilishlari mumkin.