Javob beramiz
Aksiyador yoki aksiyador vakili boʻlgan jismoniy shaxs, bir vaqtning oʻzida ikkita aksiyadorlik jamiyatida kuzatuv kengashi raisi yoki kuzatuv kengashi a’zosi boʻlishi mumkinmi? Oʻsha jismoniy shaxs boshqa bir qoʻshma korxonada direktor oʻrinbosari lavozimida ishlashi ham mumkinmi?
Agar aksiyadorlik jamiyatlarining ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan qarorda ta’qiqlar oʻrnatilgan boʻlmasa, jismoniy shaxs ikkita AJ kuzatuv kengashi a’zosi boʻlishi mumkin.
Otamni vafotlaridan keyin uyning kadastr xujjatlarini onamning nomlariga kayta rasmiylashtirishning iloji bormi?
Import operatsiyalari bilan shugʻullanuvchi korxona xizmat qiluvchi bankini yangi bankka almashtirdi. Yangi bank korxonaning avval tuzilgan import shartnomalari boʻyicha qarzdorlik borligi uchun ularni qabul qilishni rad etmoqda. Aytingchi, bankning import shartnomalarini qabul qilishni rad etishga huquqi bormi?
Bank mijozning shartnomalarini (agar shartnomalarning shartlari qonunga zid boʻlmasa) qabul qilishini rad etishga haqli emas.
Direktorning turmush oʻrtogʻi elektrik va qizi qorovul lavozimlarida shu maktabda ishlashlari mumkinmi? 79-moddada "bevosita boʻysinib yoki uning nazorati ostida xizmat qilishi" soʻzlari batafsil tushuncha bersangiz. Masalan:Davlat korxonasida boshliqning qarindoshi kassir lavozimida ishlaydi. Kassir boshliqqa emas, balki bosh buxgalterga bevosita boʻysingani uchun shu tashkilotda ishlashi mumkinmi?
1) Biz ushbu qonunning 6.2 bandiga asosan oʻzimizning korxonadagi ulushimiz va korxona ustav fondigi kirgazilmagan yangi binolarimizni garovga qoʻygan xolda xorijiy sherigimizni roziligisiz bankdan kredit olishimiz mumkinmi? 2) Ustav fondida ulushin 49 foiz bulgan xorijiy sherikning roziligiz kredit olish uchun qaysi me’yoriy xukukiy xujjatlar asosida kredit olish mumkin? 3) Bankning mutasaddi raxbarlari va xodimlarining oʻz vaqtida kredit berishni notugri asosga tayangan holda bergan javoblari uchun qonunda qanday jazo choralari koʻriladi?
1. Agar ustavda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, albatta mumkin.
2. «Mas’uliyati cheklangan yoki qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida»gi Qonun, «Garov toʻgʻrisida»gi Qonun 7-moddasi 3-qismi.
3. Bank muassasasi mas’ul xodimlari tomonidan noqonuniy ravishda kredit ajratilishini rad etilishi, ish holatlariga koʻra intizomiydan to jinoiygacha boʻlgan javobgarlik keltirib chiqarishi mumkin.
1. Men tashishlar xavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha mutaxassis sifatida avtomobil ixtisosligi boʻyicha oliy ma’lumotli mutaxassisni ishga yollab jamiyat ochishim mumkinmi yoki avtomobil ixtisosligi boʻyicha oliy ma’lumotli mutaxassisning uzi jamiyatda direktor bulishi kerakmi? Jamiyatda bulimlar tashkil kilishim kerakmi? 2. Jamiyat xodimlariga kanday malakaviy talablar kuyiladi? 3. Yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslar kanday me’yoriy-xukukiy xujjatlar bilan faoliyat yuritishi lozim?
1. Birinchi va ikkinchi MChJ yukoridagi xolat buyicha birlashib ketishi mumkinmi va bu xolat kaysi meyoriy xujjatlarda kursatib utilgan. Birlashtirish tartibi kanday amalga oshiriladi? 2. Agar kelajakda ikkinchi korxonani Nazorat kiluvchi organlar tarafidan tekshirilsa solik okibatlari nimalarni olib kelishi mumkin? Agar mumkin bulsa chet-eldan olib kelingan tovarlarni tulashda birinchi korxona ikkinchi korxona karzini kanday xujjatlar asosida tulaydi
Bogʻcha mudirasining nomuayyan muddatga tuzilgan shartnomani 1 yillik shartnomaga oʻzgartirish xarakatlari konuniymi?
Xodim ish beruvchidan navbatdagi mehnat ta’tilini qismlarga boʻlgan holda, birinchi qisminini ta’tillar navbati jadvalida koʻrsatilgandan boshqa vaqtda, 2 kun oldin ogohlantirgan holda,2 kun muddatga berishni soʻrasa, ish beruvchi Mehnat kodeksining 144-,146-moddalaridan kelib chiqib, buni rad qilishi mumkinmi?
Ta’tildan oʻz xohishiga koʻra yozgi yoki oʻzlari uchun qulay boʻlgan boshqa vaqtda foydalanish huquqiga ega boʻlgan xodimlar toifasi MKning 144-moddasida belgilab qoʻyilgan.
Chet el investitsiyaci ishtirokidagi korxona (MChJ shaklidagi qoʻshma korxona)ning chet ellik ta’sischisi – yuridik shaxs boʻlib, uning rahbari hozirda mamlakatimiz hududida va u ustav fondidagi oʻz ulushining bir qismini naqd valyuta shaklida QKning bankdagi hisob-raqamiga topshirmoqchi. Aytingchi bu qonuniy mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa, chet ellik ta’sischisi – yuridik shaxsning rahbaridan qanday hujjatlar lozim boʻladi?
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslarning ustav fondiga ulush sifatida valyuta boyliklarini kiritish mumkin, ammo yuridik shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini olib kirish hamda olib chiqish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Koʻp qavatli uyni olishda boshlangʻich badali Prezident karori buyicha 1kv/m=1 770 000 sum yoki shaxar kurilish investning xatiga binoan 1kv/m= 2451 000 sum dan shaklantirilishi kerakmi?
Shtat jadvalida bug kozonchi (kotelshchik) urnini yaratish mumkinmi?
Buyrak kuchirib utkazilgan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasida kanday imtiyozlar mavjud?
Tibbiy xulosaga koʻra I yoki II guruh nogironligi belgilangan shaxslar uchun qonunchilikda bir qator ijtimoiy, mehnat munosabatlariga oid, soliqlarni toʻlash boʻyicha imtiyozlar mavjud.
Sud ijrochilari tomonidan garovga kuyilgan 425 000 000 sumlik dukon binosi Kimoshdi savdolarida sotilmaganligi sababli 10% arzonlashtirilgan baxoda ya’ni 382 500 000 sumga bank balansiga olish taklif kilingan, xamda binoni karz evaziga bank balansiga olishga rozilik bildirilgan. 2017 yil 24 iyul xolatiga javobgarning bank oldidagi karzdorligi 195 420 000 sumni tashkil kiladi. Biz sugurta tashkilotidan sugurta tovonini talab kilishga xaklimizmi yoki yukmi?
Sugʻurtalovchi uz vaqtida xabardor qilinmaganligi sababli sugʻurta tovonini toʻlash majburiyatni rad etishga haqli.
Xoʻjalik hisobidagi byudjet tashkiloti tomonidan yoqilgʻi-moylash materiallarini sotib olish tartibi qanday?
Avtomobil benzini va dizel yonilgʻisi ajratilgan limitlar doirasida neft bazalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida, limitdan ortigʻi tashkilotning oʻz mablagʻlari hisobiga birja savdolari orqali sotib olinadi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter