Javob beramiz
imtiyozli 54 yoshdan nafakani rasmiylashtirgan ayol xodim bilan Mexnat kodeksining 100-modda 2-qism 7-bandi bilan mexnat shartnomasini bekor qilish mumkinmi?
Men uzimga tegishli stanoklarni kanday olsam buladi?
Agar stanok Sizning mablagʻlaringiz va materiallaringiz negizida yaratilgan bulsa va stanokni yaratgan shaxs pul mablagʻlaringizni qaytarmagan boʻlsa, Siz fuqarolik sudiga murojaat qilib, oʻz huquqlaringizni himoya qilishingiz mumkin.
Hududiy koeffitsiyent xodimlarga hisoblab berilmasa ham boʻladimi? Bunga nisbatan qaysi organlar bunga e’tiroz bildirishlari mumkin va qonunchilikda qanday javobgarlik nazarda tutilgan?
Jismoniy shaxsga kullangan JK-189-moddasini olib tashlanishi uchun, ya’ni JK-79 moddasiga asosan nima kilinish kerak yoki 79-moddani kullanganligini foydasi yukmi... va buni jismoniy shaxs uzi bajara oladimi yoki advokat yollanishi shartmi?
Buning uchun sudlangan shaxsning doimiy propiska qilingan joyi boʻyicha tuman (shahar) jinoyat ishlari boʻyicha sudga tegishli ariza bilan murojaat qilish mumkin. Bunda oʻzini-oʻzi boshqarish organlari (mahalla qoʻmitasi) yoki ishxona jamoasining iltimosnomasi va advokat ishtiroki tavsiya etiladi. Ammo qonun boʻyicha bu shart emas.
Korxona tashkiliy-xukukiy shaklini va nomini oʻzgartirganda kadastr xujjatlariga uzgartirish kiritish uchun kadastr xizmatiga kanday xujjatlar takdim kilishi kerak. Bunday xolatda ustav notarial tasdiklanadimi, kabul kilish-topshirish dalolatnomasi tuzish kerakmi?
Yuridik va jismoniy shaxslar koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar paydo boʻlgandan, oʻzgargandan va toʻxtagandan yoxud uning huquqiy holati oʻzgargandan keyin bir oy muddatda kadastr organiga huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanoma berishlari shart.
Ish joyimdan ohirgi marotaba 21.04.2014-20.04.2015 davri uchun mehnat ta’tiliga chiqqanligimdan va orada 2 yil ish joyim va oʻrtacha maoshim saqlangan holda magistraturada oʻqiganligimdan kelib chiqib navbatdagi mehnat ta’tiliga qachondan chiqishim mumkinligi va qaysi davr uchun chiqishim mumkinligini tushuntirib bersangiz.
OʻzR Prezidentining 2017 yil 25 maydagi “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlarning eksport qilinishi va raqobatdoshligini ta’minlashni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5057-sonli Farmonida “shartnoma miqdori 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmasligi kerak” deyilganda eksport shartnomasining summasi nazarda tutilmoqdami yoki eksport qilinayotgan invoys summasi nazarda tutilmoqda?
Ushbu Farmonda aynan eksport shartnomasining miqdori, yoki “summasi” nazarda tutilgan.
B tashkilot tomonidan tugatilgan A tashkilotning ta’sischisi tomonidan tashkil etilgan yakka tartibdagi tadbirkor hisobraqamiga mavjud qarzdorlikni toʻlab berish toʻgʻri boʻladimi?
Tugatilgan korxonaning ta’sischisi belgilangan tartibda debitorlik qarzni undirish huquqini olmagan taqdirda, qarzdorlikni unga toʻlab berish notoʻgʻri boʻladi.
Turkiyada yashab, OʻzR fuqaroligini olgan va Toshkent shahrida vaqtincha roʻyxatda turgan shaxsni ishga qabul qilishimiz mumkinmi?
Xodimlar soni va maoshlar tez-tez oʻzgarganda, xar uzgartirish boʻyicha buyruk tayerlash shartmi? (buyruk: shtat jadvali uzgartirilsin deb) yeki shtat jadvalini uzgartirsa shuni uzi yetarlimi?
Shtat jadvaliga oʻzgartirish/qoʻshimchalarni kiratish ish beruvchi tomonidan qabul qilingan qarorlar (buyruq, farmoyishlar) asosida amalga oshiriladi.
1. Bizning korxonamiz boshka kalava ip ishlab chikarish korxonasidan milliy valyutada, ya’ni oʻzbek soʻmida sotib olgan kalava ipni «Oʻzbekengilsanoat» AK korxonalariga ichki bozorda erkin muomaladagi valyutada realizatsiya qilishga haqlimi? 2. Agar korxonamiz boshqa kalava ip ishlab chikarish korxonasidan milliy valyutada, ya’ni uzbek sumida sotib olgan kalava ipni «Oʻzbekengilsanoat» AK korxonalariga ichki bozorda erkin muomaladagi valyutada realizatsiya kilsa va ushbu realizatsiyadan tushgan tushumni Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga (VMning 29.06.2000 yildagi 245-son karori bilan tasdiklangan, keyingi oʻrinlarda Tartib) muvofik 50% majburiy sotuvga tushadimi?
Sizning korxonamiz kalava ip ishlab chiqarish korxonasidan milliy valyutada sotib olgan kalava ipni «Oʻzbekengilsanoat» AK korxonalariga erkin muomaladagi valyutada realizatsiya qilishga haqli.
Kasanachilarning daromadiga soliq solishda ham EKIHning bir baravari qismi chegirilib tashlanadimi? Agar chegirilmasa va kasanachining daromadi va kasanachi boʻlmagan xodimning daromadi bir xil EKIHning 5 baravarigachani tashkil etsa, bu holatda kasanachi boʻlmagan xodimning daromadiga nisbatan hisoblanadigan JShDS summasi kamroq boʻladimi?
Yoʻq, kasanachilarning daromadiga soliq solishda EKIHning bir baravari qismi chegirilmaydi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 7,5 foiz stavkasi kasanachilarning barcha daromadiga nisbatan qoʻllaniladi.
Homiladorlik va tugʻish ta’tiliga chiqishni rejalashtirayotgan korxona xodimasi ushbu ta’tilning muddati (tuqqunga qadar 70 kalendar kun va tuqqanidan keyin 56 kalendar kun) tugagach mehnat ta’tiliga chiqa oladimi?
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona (MChJ shaklidagi qoʻshma korxona)ning chet ellik ta’sischisi ustav fondidagi oʻz ulushini davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yil muddat ichida toʻliq shakllantirmasa, korxonaning kelgusidagi harakatlari qanday boʻlishi lozim?
Dastlab, ustav fondidagi oʻz ulushini shakllantirmagan ishtirokchini jamiyatdan chiqarish, uning ulushini boshqaga oʻtkazish masalasini hal etish va 30 kun mobaynida jamiyatni qayta davlat roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
1. Agar biz 400 nafar ishchi xodimlar bilan ishlasak shu asnoda yirik korxona xisoblanamizmi yoki kichik biznes sub’yekt xolatda kolamizmi? 2. Agar yirik korxona xisobiga utib trikotaj maxsulotlari ishlab chikarsak VM ning 17.05.2017-yil kungi №290 son karoriga tushamizmi?
1. Ha, yirik korxona hisoblanasiz.
2. Ha, VMning 290-sonli qarorida belgilangan imtiyoz qoʻllaniladi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter