Javob beramiz
Davlat muassasasiga begʻaraz yordam berish
Agar Malaka oshirish institutiga jismoniy shaxs tomonidan ustavda belgilangan faoliyatini yuritish uchun pul mablagʻlari bersa, ushbu mablagʻlar maqsadli tushum deb qaraladi va soliqqa tortilmaydi.
Ishlatilgan asosiy vositani sotishda QQS hisoblash
Yoʻq, ushbu vaziyatda korxona uskunalarning bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda QQS hisoblab toʻlashi kerak emas.
Hisoblash tamoyili
Soliq solish maqsadlarida hisobga olish buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga asoslanadi.
Xizmat safari xarajatlari boʻyicha soliq oqibatlari
Agar amalga oshirgan toʻlovlaringiz hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlsa, ular xodimning daromadi deb qaralmaydi. Bunda JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha soliq oqibatlari kelib chiqmaydi.
QQS boʻyicha imtiyezni qoʻllash shartmi
Soʻzi yuritilayetgan qaror doirasida QQSli tovar sotishingiz jarimaga tortilishingizga sabab boʻlishi mumkin.
Ijtimoiy himoya milliy agentligiga xizmat koʻrsatilganda soliq oqibatlari
Bogʻchaga yoʻllanmani chegirma bilan berishda JShDS
Korxona tomonidan ishchi-xizmatchilarga bogʻchaga yoʻllanmani chegirma bilan berish natijasida ular uchun JShDS boʻyicha soliq oqibatlari kelib chiqadi.
Xizmat avtotransporti uchun olingan tovar va xizmat summasidagi QQSni hisobga olish
Agar xizmat avtotransportidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilsa, yengil avtotransport uchun sotib olingan tovar va xizmatlar summasidagi QQS hisobga olinadi.
Korxonaga tegishli avtotransport xarajatlari chegiriladigan xarajatmi
Yoqilgʻi-moylash materiallari (benzin, gaz, moy va h.k.) xarajatlari, agar avtotransport tadbirkorlik faoliyatida foydalanilsa, jami daromaddan chegiriladi.
Foyda soligʻi 0% stavkada toʻlansa, chegiriladigan va chegirilmaydigan xarajatlarni ajratish shartmi
Ijtimoiy sohada (oliy ta’lim) faoliyat koʻrsatuvchi korxonaning foyda soligʻi boʻyicha 0% stavka qoʻllashini uning mos davrda qilgan xarajatlariga bogʻlab bekor qilish qonunchilikda koʻrsatilmagan.
Xususiy maktabda oʻqish puli bir necha oy uchun oldindan toʻlansa, soliq imtiyozini 5 oy davomida qoʻllash mumkinmi
Soliq kodeksida yoki Moliya vazirligi tomonidan berilgan tushuntirishda xodim farzandining xususiy maktabda oʻqishi uchun toʻlov 5 oy uchun oldindan toʻlansa, imtiyoz 5 oy davomida qoʻllanilishiga cheklov belgilanmagan.
Koʻp qavatli uy qurilishida oʻrnatilgan lift
Xususiy korxona xodimasiga 2 yoshgacha bola parvarishi boʻyicha nafaqa toʻlash
Xususiy korxona xodimasiga 2 yoshgacha bola parvarishi boʻyicha nafaqa toʻlashi shart. Bunda korxona xususiy ekanligining yoki moliyaviy holati qanday ekanligining ahamiyati yoʻq.
Import tovarlarini sotishda soliq bazasi bojxona qiymatidan past boʻlmasligi toʻgʻrisidagi me’yor import xom ashyosidan tayyorlangan mahsulotga tegishlimi
Import tovarlarini sotishda soliq bazasi bojxona qiymatidan past boʻlmasligi toʻgʻrisidagi me’yor import xom ashyosidan tayyorlangan mahsulotga tegishli emas.
Boʻlinma tashkil etishning soliq oqibatlari
Yuridik shaxsning hududiy jihatdan alohida boʻlgan, turgan yeri boʻyicha doimiy ish joylari jihozlangan har qanday boʻlinmasi Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining alohida boʻlinmasidir.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter