Javob beramiz
Jismoniy shaxsdan korxonadagi ulushni sotib olishda yuridik shaxs soliq agenti boʻlishi
Bojxona imtiyozi bekor boʻladimi
Tavsiflangan vaziyatda QQS boʻyicha bojxona imtiyozining bekor boʻlishi uchun ushbu uskunaning chet elga sotib yuborilishi yoki tekinga berib yuborilishi kerak, agarda sotish yoki tekinga berish mamlakat ichida amalga oshirilsa mazkur bojxona imtiyozi bekor boʻlmaydi.
Pul koʻrinishida qarz berishning soliq oqibatlari
A korxona B korxonaga pul koʻrinishida qarz bergan vaqtda soliq oqibatlari boʻlmaydi. Soliq oqibatlari ushbu qarz boʻyicha foizlar hisoblanganida kelib chiqadi.
YaTT oʻz hisobidan hisobraqamiga pul mablagʻlarini kiritsa, soliq oqibatlari
YaTT aylanma mablagʻlarini oʻz hisobidan toʻldirganida toʻlov tafsilotlarida mazkur pul mablagʻlari tushum emasligini koʻrsatsa, bu mablagʻlar boʻyicha soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.
Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻi egasi qanday soliqlarni va qanday hollarda toʻlaydi
Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻi shartnoma tuzilgan kundan boshlab oʻn ikki oy oʻtmasdan oldin yopilgan holatlarda undagi mablagʻlar soliq qonunchiligida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortiladi (Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 13 iyundagi 331-son qaroriga Ilova, 19 b., OʻzR SK 378 m. 23b.).
Ta’sischi korxonadan chiqib ketishining soliq oqibatlari
Agar ta’sischi oʻz ulushini boshqa ta’sischiga sotgan holda korxonadan chiqib ketayotgan boʻlsa, bunda u daromadni boshqa ta’sischidan oladi, korxona uchun hech qanday soliq oqibatlari vujudga kelmaydi.
Grant mablagʻlarini nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga yoki boshqa NNTga Oʻzbekiston Respublikasining "Homiylik toʻgʻrisida"gi Qonuniga asosan yoʻnaltirsa boʻladimi?
Fikrimizcha, grant mablagʻlarini “Homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan yoʻnaltirish mumkin emas.
Qarz shartnomasi boʻyicha soliq oqibatlari
Qarz shartnomasiga oid soliq oqibatlari qarz shartnomasi foizli yoki foizsiz tuzilganligiga qarab farq qiladi.
Uni qo'shimcha 0.5 stavka bilan shu korxonaga texnolog lavozimiga qo'ysa bo'ladimi?
Agar ijara toʻlovi minimal ijara stavkasidan past boʻlsa, QQS va foyda soligʻini qanday hisoblash kerak
QQS va foyda soligʻi oshiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda minimal stavkadan kelib chiqib hisoblanadi.
Vaxta usulida ishlovchi xodimlarning bepul ovqatlanishi va ustamasidan soliqlar toʻlanadimi
Bepul ovqatlanish qiymati va me’yor doirasidagi ustama JShDS va ijtimoiy soliq bilan soliqqa tortilmaydi, shuningdek foyda soligʻi boʻyicha chegiriladigan xarajatlarga kiritiladi.
Bank krediti boʻyicha toʻlovlarning bir qismini uchinchi shaxs toʻladi
Davlat tashkilotida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodim xizmat safariga yuborilsa, tabelda qanday aks ettiriladi, ya’ni haqiqatda ishlagan ish vaqtiga 8 soat qo'yiladimi yoki o’sha davr uchun o’rtacha ish haqi hisoblanadimi?
MChJ obligatsiyasidan olinadigan foizli daromad boʻyicha imtiyoz
Ushbu daromad boʻyicha SK 483-moddasi 27-qismi boʻyicha foyda soligʻidan imtiyoz qoʻllaniladi.
Aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy summada toʻlovchilarga Soliq kodeksining 462-moddasi 10-qismi tatbiq etiladimi
Soliq kodeksining 462-moddasi 10-qismi aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy summada toʻlovchilarga tatbiq etiladi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter