Javob beramiz

Muddati oʻtgan kreditorlik qarzini hisobdan chiqarishning soliq oqibatlari


Kreditorlik qarzini hisobdan chiqarishdan koʻrilgan daromad foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda jami daromad tarkibiga olinadi.

Kamchilikni bartaraf etish xarajatlarining qoplanishi


Sotib oluvchiga sifati tegishli darajada boʻlmagan tovar sotilganida, sotib oluvchi tovarning kamchiliklarini tekinga bartaraf etishni yoki sotib oluvchi yoxud uchinchi shaxs tomonidan tovarning kamchiliklarini bartaraf etish uchun qilingan xarajatlar qoplanishini talab qilish huquqiga ega.

Korxonada soliq solinadigan va solinmaydigan aylanma boʻlsa, QQS qanday hisobga olinadi


Soliq solinadigan va soliqdan ozod etilgan aylanma mavjud boʻlganda hisobga olinadigan QQS summasini  alohida-alohida yoki mutanosib usullardan biri boʻyicha aniqlanadi.

Xodimlar turli sertifikatlarni olishlari uchun korxona xarajatlarining soliq oqibatlari


Agar bunday xarajat iqtisodiy jihatdan oqlangan boʻlsa, foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegiriladi.

Vazirlar Mahkamasi Qarori asosida debitorlik qarzdorlikdan voz kechilganda yuzaga kelgan zarar chegiriladigan xarajatmi


Vazirlar Mahkamasi Qarori asosida debitorlik qarzdorlik hisobdan chiqarilganda yuzaga kelgan zarar, foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegiriladigan xarajat hisoblanadi.

Quruvchining chet elga xizmat safari


Xizmat safari xodimning ish beruvchi farmoyishiga binoan doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirigʻini bajarish uchun boshqa joyga ma’lum muddatga qiladigan safaridir.

OTMga toʻlov yuzasidan imtiyozdan foydalanish


Jismoniy shaxsning  Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (oʻzining, shuningdek yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun toʻlovga yoʻnaltirilgan JShDS solinishi lozim boʻlgan daromadlariga soliq solinmaydi.

Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi kirim qilish uchun zarur hujjatlar


Ishga tushirish dalolatnomasi birlamchi  buxgalteriya hujjati hisoblanib, namunaviy shakli Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi hujjatlari bilan tasdiqlanmagan.

Korxona yetim bolalarga uy-joy xarid qilish uchun pul oʻtkazib berganda soliq oqibatlari


Agar korxona yetim bolalarga uy - joy olib bersa, yetim bolalarda moddiy naf koʻrinishidagi daromad yuzaga keladi.

Aholiga suyultirilgan gazni maishiy ehtiyojlar uchun realizatsiya qilish aksiz soligʻi solish ob’yekti hisoblanadimi


Ixtisoslashtirilgan gaz ta’minoti korxonalari orqali aholiga suyultirilgan gazni maishiy ehtiyojlar uchun realizatsiya qilish aksiz soligʻi solish ob’yekti hisoblanmaydi.

Soliq organi manfiy QQSni qaytarish toʻgʻrisidagi oʻz qarorini bekor qilishga haqlimi


Agar siz soliq organining qaroriga rozi boʻlmasangiz, korxonangiz yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.

Vakolatxona rahbarining daromadiga JShDS


Bundan buyon JShDSni toʻlov manbaida hisoblab chiqarish, ushlab qolish va byudjetga oʻtkazish, shuningdek soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etish kerak.

Chet ellik malakali mutaxassisga xizmat turar joyi taqdim etilganda soliq oqibatlari


Korxona oʻziga tegishli turar joydan xizmat turar joyi sifatida, ya’ni korxonaning xizmat maqsadlarida foydalanilganda u bilan bogʻliq xarajatlar chegiriladigan xarajatlar hisoblanadi.

Xodimlarni issiq ovqat bilan ta’minlashning soliq oqibatlari


Xodimlarga beriladigan issiq ovqat qiymati mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar tarkibida kompensatsiya toʻlovlariga kiradi hamda ijtimoiy soliq, JShDS va FJBPTga majburiy ajratmalarga tortiladi.

Tashkilot xodimlariga kasaba uyushmasi tomonidan berilgan sovgʻalar va yoʻllanmalar boʻyicha soliq oqibatlari yuzaga keladimi


Sizning tashkilotingiz xodimlariga sovgʻalar va yoʻllanmalarni kasaba uyushmasi xarid qilib berishi sababli, u jismoniy shaxslarning daromadlari boʻyicha soliq agenti hisoblanadi.