Javob beramiz

AOS toʻlovchisi import amaliyotini amalga oshirdi


SKga koʻra importerlarga aylanmadan olinadigan soliq tatbiq etilmaydi va ular QQS toʻlaydi.

NTTda soliq oqibatlari kelib tushmasligi uchun pul tushumlari qanday rasmiylashtirilishi kerak


Xitoy korxonasidan NNTning bank hisobvaragʻiga konferensiyani tashkil etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun mablagʻ kelib tushishi, agar ushbu mablagʻlar NNTning ustav faoliyatini amalga oshirish uchun maqsadli va begʻaraz ravishda ajratilsa, soliq oqibatlarini keltirib chiqarmaydi.

Ta’lim sohasidagi korxona uchun soliq imtiyozlari


Agar korxona soliq imtiyozlarini qoʻllash uchun shartlarga muvofiq kelsa, ularni qoʻllashga haqli.

Jismoniy shaxsning VISA-kartasiga qaytarib oʻtkazilgan puli soliqqa tortiladimi


JShDSga tortiladigan daromadlar Soliq kodeksining 371-377-moddalarida belgilangan va ushbu moddalarda vaziyatda keltirilgan holatga mos keladigan daromad turi yoʻq.

Quyosh panellari orqali elektr energiyasini ishlab chiqarib iste’mol qilish


Korxona tomonidan oʻrnatilgan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan va korxonaning oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun iste’mol qilingan elektr energiyasi korxona daromadi hisoblanmaydi.

Soddalashtirilgan QQSga oʻtishda TMZ qoldiqlari boʻyicha soliq summalarini tiklash


Soliq qoʻmitasi xodimlarining javoblaridan kelib chiqqan holda, bunda oʻtish sanasidan oldingi oxirgi 12 oy ichida kirim qilingan TMZ qoldiqlari boʻyicha QQSni tiklashi kerak boʻladi.

Xususiy maktabga homiylik: kimda qanday soliq majburiyati yuzaga keladi


Xususiy maktabga homiylikda soliq oqibatlari yerdam shakliga bogʻliq. Binoni tekinga qurib berishda jamiyatda QQS va foyda soligʻi boʻyicha majburiyatlar yuzaga keladi, pul mablagʻlari berilganda esa ular jamiyat uchun chegirilmaydigan xarajat, maktab uchun esa soliq solinadigan daromad hisoblanadi.

Soliqni toʻlash kechiktirilganligi uchun penyani toʻlamaslik mumkinmi

Foydali qazilmani qazib olishda kapitallashtirilgan xarajatlarni hisobga olish


Kapitallashtirilgan ochish ishlari xarajatlarining qoldiq qiymati kon ishlash davri tugaganda aktivdan kelgusida iqtisodiy naf olish imkoniyatiga qarab hisobga olinadi.

Foydali qazilmani qazib olishda ochish ishlari xarajatlarini hisobga olish


Qazib olish boshlangunga qadar va qazib olish davrida amalga oshirilgan ochish ishlari xarajatlari buxgalteriya hamda soliq hisobida turli tartibda hisobga olinadi.

Rossiyadagi MChJdan olingan dividendlarni soliqqa tortish


Rossiyadagi MChJdan olingan dividendlar Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan korxona uchun daromad hisoblanadi, Rossiyada ushlab qolingan soliq esa Oʻzbekistonda hisobga olinishi mumkin.

Ustav fondi koʻpaytirilmagan holda ta’sischiga mablagʻlarni qaytarishning soliq oqibatlari


Ustav fondini koʻpaytirish roʻyxatdan oʻtkazilmagan va ta’sischiga kiritilgan mablagʻlar qaytarilgan boʻlsa, mablagʻlarning foizsiz qarz sifatida kvalifikatsiya qilinishi xavfi mavjud.

Keyingi yilga nima oʻtadi: xarajatmi yoki zarar


Ushbu holatda korxona boshqa xarajatlarni keyingi yilga qoldirishi mumkin emas. Xarajatlar ularga tegishli boʻlgan davrda hisobga olinadi, xarajatlarning daromaddan ortiq qismi esa zarar sifatida e’tirof etiladi.

Aholi tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yerlar boʻyicha yer soligʻi


Bunday vaziyatda yer soligʻini jismoniy shaxs belgilangan stavkaning 3 baravari miqdorida toʻlaydi.

Soddalashtirilgan QQS boʻyicha korxona uchun kreditorlik qarzi hisobdan chiqarilganda olinadigan foyda soligʻi


Foyda soligʻining 0% stavkasi qoʻllanilganda, kreditorlik qarzini hisobdan chiqarish natijasida (shu jumladan kredit-nota asosida) hosil boʻlgan daromaddan toʻlanadigan soliq yuzaga kelmaydi. Kreditorlik qarzini hisobdan chiqarish toʻgʻrisida soliq organlarini alohida xabardor qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan.