Javob beramiz

Ta’sischi korxona bank hisob raqamiga pul kiritishining soliq oqibatlari


Topshirilgan pul mablagʻlari korxona daromadi sifatida qaralishi yoki qaralmasligi tomonlar kelishuviga bogʻliq. Ta’sischi korxonaning bank hisob raqamiga pul kiritishi avval tegishlicha hujjatlashtirilgan boʻlishi lozim.

Asosiy vosita importidan keyin yuzaga kelgan manfiy QQSni qoplash


QQSni qoplash tartibi maxsus Nizom bilan belgilangan.

Oʻzbekistonda mehnat shartnomasi asosida boshqa tashkilotda ishlasa boʻladimi? Yangi qonun boʻyicha ishlash mumkin emas ekan, shu toʻgʻrimi?


Yangi Mehnat kodeksiga koʻra, bitta shaxs bir vaqtning oʻzida ikkita tashkilotda mehnat shartnomasi asosida ishlashi mumkin.

QQS guvohnomasini olmasdan turib hisobga olingan QQS summalariga tuzatish kiritish


Siz ushbu davr uchun QQS boʻyicha soliq hisobotlarini kiruvchi QQS summalarini hisobga olmagan holda  qayta taqdim etishingiz hamda qoʻshimcha hisoblangan soliqni va ushbu soliq boʻyicha penyani  byudjetga toʻlab berishingiz lozim.

Tovarlarni tekinga berishda buxgalteriya hisobi, QQS, retro-bonus


Tovarlarni tekinga berish iqtisodiy jihatdan oqlanmagan boʻlsa, bu xarajat odatda 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotiga hisobdan chiqariladi. Bunda ushbu tovar realizatsiyaga hisoblangan QQS ham ushbu schyotga hisobdan chiqariladi.

Oʻyin oʻtkazib yutuqni gʻolibga berishni hujjatlashtirish, buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari


Agar oʻyinga quruvchi tashkilotning aloqasi boʻlmasa, korxonangizning oʻzi avtomobilni toʻgʻridan-toʻgʻri gʻolib shaxs nomiga oʻtkazib berishi kerak.

Pul mablagʻlarini xayriya qilish chegirilmaydigan xarajat ekanligi


Korxona futbol klubiga ma’lum miqdordagi pul mablagʻlarini xayriya qilsa, ushbu xarajat foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegirilmaydi.

Vagon va konteynerlar mol-mulk soligʻi ob’yekti hisoblanmasligi


Vagon uylar, vagon-konteyner, mobil vagonlar, vagon bitovkalar koʻchmas mulk hisoblanmaydi va mol-mulk soligʻi soliq solish ob’yekti jumlasiga kirmaydi.

Noturar joy oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlash


Noturar joy oldi-sotdi shartnomasi taraflardan biri talab qilsagina, notarial tasdiqlanadi.

Markirovkalanadigan ehtiyot qismni bepul berish buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari


Agar markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulot juda kichik boʻlsa yoki markirovkalanish natijasida mahsulotning tashqi koʻrinishiga ta’sir qilsa, markirovkani mahsulot qadogʻiga yoki boshqa moddiy tashuvchiga  bosib tushirish mumkin.

Eksportdan olingan daromadni soliqqa tortmagan holda aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish


Tovarlarni (xizmatlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan daromadlar aylanmadan olinadigan soliq solinadigan jami daromad tarkibiga kiritilmaydi.

Tovar tekinga berilganda QQSni hisoblash


Mahsulot, tovar, boshqa mulk kimgadir bepul berilganda, QQS bozor narxlaridan kelib chiqib hisoblanadi.

Tikuvchilik kasbi ustasi boʻlsam, Madaniyat markazida toʻgarak rahbari boʻlib ishlashim mutaxassisligimga kirmaydimi?


Sizning mutaxassisligingiz boʻyicha savolni ish beruvchi hal qiladi.

Xizmatlar importida rasmiylashtiriladigan hujjatlarda QQSni koʻrsatish


Shartnomada Oʻzbekiston Respublikasi byudjetiga toʻlanadigan QQS koʻrsatilmagan ekan, dalolatnomada ham ushbu QQSni koʻrsatishning hojati yoʻq.

YaTT faoliyatini tugatishida qat’iy belgilangan stavkadagi aylanmadan soliq yuzasidan chiqqan muammo


Hech kimga soliqlar va yigʻimlarning barcha alomatlariga ega boʻlgan, biroq SKda nazarda tutilmagan yoxud uning normalari buzilgan holda belgilangan soliqlar va yigʻimlarni toʻlash majburiyati yuklatilishi mumkin emas.