Javob beramiz
Nogironlar jamoat birlashmasi
Agar korxonangizning yagona ta’sischisi nogironlar jamoat birlashmasi boʻlmasa SK 243-moddasi 1-qismi 6-bandi bilan berilgan imtiyozdan foydalanishingiz mumkin emas.
Xodim tomonidan berilgan tovarli qarzning nazorat ostidaligi
Agar korxona va xodim oʻrtasida SK 37-moddasi shartlariga binoan oʻzaro bogʻliqlik boʻlmasa, SKning 180-moddasiga murojaat qilish va transfert narx toʻgʻrisida soʻz yuritishga asos ham boʻlmaydi.
Ijtimoiy sohada faoliyat yurituvchi korxona 0 foiz stavka qoʻllashi uchun daromadni aniqlash
Vazirlar Mahkamasining 185-sonli qaroriga 1 va 2-ilovalar ham oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblanadimi?
2024 yil 1 apreldan boshlab dori vositalariga narxni shakllantirish
№PQ-2647-son qarorga koʻra dori vositalari ulgurji savdosida 15%gacha, chakana savdoda esa 20%gacha ustama qoʻyish mumkinligi toʻgʻrisidagi band bekor qilingan. Lekin ushbu ustama foizlari 06.04.2017 y. VMQ №185 ga muvofiq saqlanib qolgan.
Yerga boʻlgan mulk huquqi sotib olinganida buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari
Agar haqiqatda yerga boʻlgan mulk huquqi auksion orqali sotib olingan boʻlsa, sotib olingan yer uchastkasi korxona uchun asosiy vosita hisoblanadi va ushbu yer uchastkasi yer soligʻi solish ob’yekti hisoblanadi.
Asosiy ish joyi bo’yicha davlat tashkilotida ishlovchi xodim o’zini o’zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) bilan shug’ullanishi mumkinmi?
Mehnat shartnomasi boʻycha ishlayotgan shaxs oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faqat yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan oʻzini shugʻullanishi mumkin.
Garov shartnomasiga asosan muddati oʻtgan qarzdorlikni depozitdan sud qarorisiz undirish mumkinmi?
Banklar tomonidan mablagʻlarni toʻlovchining bankiga uning kreditlari boʻyicha muddatida toʻlanmagan qarzlarni undirish uchun mablagʻlar akseptsiz hisobdan chiqariladi.
Sanatoriy faoliyatida QQS
Yengil avtomobilni sotib olishda hisobga olingan QQS
Korxona uni sotib olishdagi toʻlangan QQS summalarini hisobga olishga haqli boʻlgan. Hisobga olingan soliq summanini tiklab, aniqlashtirilgan QQS hisob-kitobini topshirish kerak emas.
Qurilish materiallarini ustav fondiga kiritishda va oldi-sotdi qilishda soliq oqibatlari
TMZlarning qoldigʻini boshqa korxonaga ta’sischi emas, mulkdor korxona sotadi. Bunda QQS va foyda soligʻi boʻyicha soliq oqibatlari kelib chiqadi.
Foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisob-kitob qilishda ijara toʻlovining eng kam stavkalarini hisobga olish kerakmi
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisob-kitob qilishda ijara toʻlovining eng kam stavkalari hisobga olinmaydi.
QQS stavkasi va kommunal xizmatlar tarifidagi oʻzgarish
SKga kiritilgan oʻzgarish bilan siz koʻrsatayotgan xizmat boʻyicha aylanmaga solinadigan QQS stavkasi oʻzgardi, xizmatlaringiz uchun tarif oʻzgarmadi.
QQS boʻyicha imtiyezni qoʻllash
Hisobga oʻtkazilishi lozim boʻlgan soliq summasi soliq toʻlovchining tanloviga koʻra alohida-alohida usulda va (yoki) mutanosib usulda aniqlanadi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter