Javob beramiz
Jami daromad 10 mlrd soʻmdan oshganda foyda soligʻining pasaytirilgan stavkasi
Agar korxona imtiyozni qoʻllash shartlariga javob bersa, soliq organiga murojaat yoʻllab, soliq organining ma’qullashini olishi lozim.
Qurilishi tugallanmagan ob’yekt boʻyicha soliq oqibatlari
0940 schyotida aks etgan uzoq muddatli debitorlik qarzi oʻzicha mol-mulk soligʻi boʻyicha soliq oqibatlarini keltirib chiqarmaydi.
«Bajarilgan ishlar uchun» — toʻlov ortidagi majburiyatlar
Ushbu holatda «Bajarilgan ishlar uchun» degan toʻlov izohining oʻzi yetarli emas. Agar ish haqiqatda bajarilgan boʻlsa, uni tasdiqlovchi shartnoma va birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilib, toʻlov soliq va buxgalteriya hisobida toʻliq aks ettirilishi zarur. Aksincha, ish bajarilmagan va toʻlov xato oʻtkazilgan boʻlsa, FHT shartnomasini rasmiylashtirish emas, balki mablagʻni korxonaga qaytarish toʻgʻri yoʻl hisoblanadi.
Da’vo arizasi berishda toʻlangan davlat bojining foyda soligʻi boʻyicha soliq oqibatlari
Toʻlangan davlat bojining foyda soligʻi boʻyicha soliq oqibatlari vaziyatdan kelib chiqqan holda turlicha boʻlishi mumkin.
Ustav kapitaliga kiritilgan qurilish materiallari boʻyicha soliq oqibatlari
Ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qurilish materiallari koʻrinishida pulsiz ulush kiritilganda JShDS boʻyicha yagona yondashuv shakllanmagan. Amaliyotda turli huquqiy pozitsiyalar mavjud.
Toʻliq amortizatsiya qilingan noutbuk: balansda qoldirish yoki hisobdan chiqarish kerakmi
Toʻliq amortizatsiya qilingan noutbukni faqat amortizatsiyasi toʻliq hisoblangani uchun balansdan chiqarish shart emas. Agar u hali foydalanishga yaroqli boʻlsa, asosiy vositalar tarkibida qoldirilib, ekspluatatsiya qilinishi mumkin.
Soliq auditi tomonidan tekshirilgan davr uchun aniqlashtirilgan QQS hisob-kitobi qabul qilinadimi
Sizning vaziyatingizda avvalambor soliq majburiyati boʻyicha da’vo qilish muddatlariga e’tibor qaratish lozim.
Jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar hisobi
Agar jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarning predmeti ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish boʻlsa, bunday shaxslar bilan hisob-kitoblarni 6970-«Hisobdor shaxslarga qarzlar» hisobvaragʻida yuritish NSBU №21 talablariga muvofiq emas.
Amerika kompaniyalariga xizmat koʻrsatishda xodimlar daromadining soliqqa tortilishi
Faqatgina Amerika kompaniyalariga masofaviy dispetcherlik xizmatlari koʻrsatilishi oʻz-oʻzidan xodimlarning ish haqi boʻyicha JShDSdan ozod qilish yoki pasaytirilgan stavkani qoʻllash uchun asos boʻlmaydi.
Biroq ushbu talabalarimizga jamoat ishlaridagi faol ishtiroki va tashabbuskorligi uchun Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 19 va 20-bandlariga muvofiq, universitetning Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bazaviy stipendiyaning 50 foizigacha miqdorda har oylik ustama yoki bazaviy stipendiyaning 10 baravarigacha boʻlgan miqdorda bir martalik pul mukofoti ajratishimiz qanchalik qonuniy?
Shtatda koʻrsatilganidan koʻp xodim ishga olinsa va YaMMTga roʻyxatga qoʻyilsa, bu xatomi?
Polietilen chiqindilarini chegirma bilan realizatsiya qilishning soliq oqibatlari
Polietilen chiqindilarini chegirma bilan sotishning oʻzi qoʻshimcha soliq oqibatlarini keltirib chiqarmaydi. QQS boʻyicha soliq bazasi chegirma hisobga olingan holdagi realizatsiya qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Foizli xarajat chegiriladimi
Agar 20% stavkada jalb qilingan mablagʻlar daromad olishga qaratilgan faoliyatda foydalanilgan boʻlsa, u boʻyicha foizli xarajatlar (shu jumladan 1,5% farq summasi ham) foyda soligʻi hisobida chegiriladigan xarajat deb qaraladi.
AQShda koʻrsatilgan huquqiy va konsalting xizmatlari uchun QQS va norezident foyda soligʻi
Xizmatni oluvchi Oʻzbekistonda joylashganligi sababli, mazkur xizmatlar Oʻzbekiston hududida realizatsiya qilingan deb hisoblanadi.
Ishdan boʻshagan xodim bilan yakuniy hisob-kitob qilmaslikning oqibatlari
Xodim soʻramagan boʻlsa ham, mehnat shartnomasi bekor qilinganda yakuniy hisob-kitobni amalga oshirmaslik qonunbuzarlik sodir etish hisoblanadi va bunda muayyan huquqiy oqibatlar kelib chiqishi mumkin.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter