Javob beramiz
Uzoq muddatli kontraktni bajarishda daromad va xarajatlar qanday tan olinadi
Agar kontrakt bir necha soliq davri davomida bajarilsa va unda ishlarni bosqichma-bosqich topshirish belgilanmagan boʻlsa, daromadni ishlar yakunlanganida bir yoʻla tan olish toʻgʻri emas. Bu holda daromad kontraktning qay darajada bajarilganiga qarab har bir hisobot davrida tan olinadi.
Kamomad yoki kirim qilinmagan tovar aniklansa, unga soliq solinadimi
Agar korxona aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi boʻlsa, kamomad yoki kirim qilinmagan tovar aniqlanganida, 4% stavkada AOS solinadi.
Pskent tumanidagi KSZda joylashgan tikuv-trikotaj sanoati sub’yektiga imtiyozlar
Byudjet tashkiloti uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash shartlari
Yoʻq, byudjet tashkiloti oʻz ehtiyojidan ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishdan olingan daromadlarga Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son qaroriga asosan soliq imtiyozini qoʻllay olmaydi.
Ustav fondiga xomashyo bilan ulush kiritilganda QQS va EHF masalasi
Ustav kapitaliga mol-mulk kiritilganda QQS boʻyicha majburiyat uni qabul qiluvchi korxonada emas, balki uni topshiruvchi ta’sischida yuzaga kelishi mumkin.
Investor bilan shartnomaviy munosabatlar va soliq oqibatlari
Bunday munosabatlar uchun amaldagi qonunchilikda alohida huquqiy konstruksiya nazarda tutilmagan. Amalda tomonlarning kelishuviga qarab investitsiya shartnomasi, oddiy shirkat, qarz shartnomasi yoki aralash turdagi shartnoma rasmiylashtirilishi mumkin.
Hisoblagichga asosan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bazasini aniqlash
Tushum tarkibi oʻzgarganda foyda soligʻi stavkasi oʻzgaradimi?
Tushumning tabiiy gazni realizatsiya qilishdan olingan qismi polietilen granulalarini realizatsiya qilishdan olingan tushumdan koʻp boʻlganining oʻzi korxonani 15 foizlik foyda soligʻi toʻlovchisi sifatida e’tirof etish uchun asos boʻlmaydi.
Brokerning xizmatlari
Agar tashkilotingiz mijoz manfaatlarini koʻzlab vositachilik (brokerlik) xizmatlarini koʻrsatayotgan boʻlsa, mijozdan qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun kelib tushgan mablagʻlar tashkilotingizning daromadi hisoblanmaydi.
Xususiy korxonalarda xodimlarga T-2 shaklini yuritib borish majburiymi?
T-2 shaklidagi shaxsiy varaqa xususiy korxonada xam yuritilishi kerak.
Manba: materialga xavolaBatafsil oʻqish
Direktor ish vaqtidan tashqari ishladi
Ushbu toʻlov mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromad hisoblanadi va JShDS hamda ijtimoiy soliq solish ob’yektiga kiradi.
Reimport qilingan tovarni QQS hisob-kitobida aks ettirish
Reimport (IM-41) rejimida rasmiylashtirilgan tovarlarning qaytarilishi haqidagi ma’lumotlar bojxona organlaridan soliq organlariga avtomatik tarzda uzatilishi va QQS hisobotida aks etishi kerak.
Tovarlar (xizmatlar) haqiqiy tannarxidan past narxda UFga topshirilganda soliq oqibatlari
Kvartiralar UFga ulush sifatida boshqa kompaniyaga qurilishning haqiqiy tannarxidan past baholash qiymati boʻyicha berilganda, soliq organlari tomonidan foydalaniladigan kvartiralarning bozor qiymatini hisobga olgan holda soliq bazasiga tuzatish kiritish zarur.
Import tovarlarini vositachilik shartnomasi asosida rasmiylashtirish
Vositachilik shartnomasini qoʻllash import operatsiyalari boʻyicha QQSni hisoblash va toʻlash tartibini oʻzgartirmaydi.
Sud qaroriga asosan undirilgan penya hisobi
Sud qaroriga asosan undirilgan penya korxona uchun boshqa operatsion daromad hisoblanadi va foyda soligʻi boʻyicha soliq solish ob’yektiga kiradi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter