Javob beramiz
Bank mijozlariga cashback toʻlanganda JShDS
Bu vaziyatda «cashback» ostida nima tushunilishini hamda bunday toʻlovlar jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadlari deb tan olinmasligi uchun ular SK 369-m. 14-bandida berilgan shartlarga muvofiq kelish-kelmasligini aniqlab olishingiz darkor.
Ortiqcha toʻlangan QQS summasini qaytarib olish
Ha, korxona soliq organlaridagi ortiqcha toʻlangan QQS summalarini qaytarib olib, soʻngra uni bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni soʻndirishga yoʻnaltirishi mumkin.
Asosiy vositani sotishda buxgalteriya oʻtkazmalari va soliq hisobotlarida aks ettirilishi
Asosiy vositalar sotilganidagi buxgalteriya oʻtkazmalari AVda 29.08.2004 yilda 1401-son bilan tasdiqlangan Nizomning 27-bandida keltirilgan.
Xodimlarga korxona mahsulotini berishning buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari
Tovarni bepul berish tovarni realizatsiya qilish aylanmasi hisoblanadi va QQSga tortiladi, bundan shunday berish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hollar mustasno.
QQS stavkasi oʻzgarsa, ortiqcha toʻlovni qaytarib olish
Avtomobil avtosalondan sizga berilgan kunda sotilgan hisoblanadi, EHF oʻsha paytda rasmiylashtirilishi kerak.
Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga toʻlovlarning soliq oqibatlari
Predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan iborat boʻlgan, tuzilgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga toʻlovlar (bundan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar mustasno) mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar jumlasiga kiritiladi.
Davlat mulkini auksion orqali sotib olishda toʻlangan QQS summasini hisobga olish
QQS hisob-kitobiga 3-ilovaning 0131-satrida Soliq kodeksining 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda asosiy vositalar, koʻchmas mulk ob’yektlari va nomoddiy aktivlar boʻyicha ilgari hisobga olinmagan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga tuzatish kiritish aks ettiriladi.
Uskunani import qilishda soliqlar
Asosiy vositani sotishning soliq oqibatlari
Bank balansidagi asosiy vositani sotishda QQS va foyda soligʻi boʻyicha soliq oqibatlari vujudga keladi.
Mol yetkazib beruvchining QQS toʻlovchisi guvohnomasi faol emasligi sababli QQS hisobga olinmasligi
Agar mol yetkazib beruvchidan tovarni (xizmatni) haqiqatda sotib olgan boʻlsangiz, uning QQS toʻlovchisi guvohnomasi faol emasligidan qat’i nazar EHFni qabul qilishingiz kerak boʻlgan, qabul qilib toʻgʻri qilgansiz.
Parranda yetishtirish bilan shugʻullanishda foyda soligʻini 0%li stavkada toʻlash
Oʻzi ishlab chiqargan oʻz qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foyda boʻyicha SK 57-moddasida nazarda tutilgan mezonlarga javob beruvchi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xoʻjaligi korxonalari foyda soligʻini 0%li stavkada toʻlaydilar.
Mol-mulk soligʻi va yer soligʻini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash
Korxonalar mol-mulk soligʻini Solik kodeksining 410-417-moddalari, yer soligʻini esa kodeksning 424-432-moddalari asosida hisoblab chiqarib toʻlaydilar.
Tovarlar eksportida foyda soligʻining 0%li stavkasini qoʻllash
Tovarlarni (ishlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda 0%li stavkada foyda soligʻiga tortiladi.
Davlat kompaniyasida investitsiyaning aks ettirilishi
Investitsiya, MChJning ustav fondidagi ulushiga egalik huquqini topshirish sanasida, davlat kompaniyasining buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Xodimning OTMda oʻqishi uchun kontraktini toʻlab berishning soliq oqibatlari
Talabalarning ta’lim olishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim tashkilotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha pulli-kontrakt asosida oʻtkaziladigan mablagʻlar jismoniy shaxsning daromadlari sifatida qaralmaydi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter