Javob beramiz

Davlat mulkini ijaraga berishda QQS


Balansda saqlovchi uchun bu - xizmatlarni realizatsiya qilish aylanmasi va u QQSga tortiladi.

 

Investitsion chegirmani qoʻllash


Investitsion chegirmani qoʻllash maqsadlarida tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish jarayonida soliq toʻlovchi tomonidan foydalaniladigan, chiqarilgan kunidan e’tiboran koʻpi bilan uch yil oʻtgan mashinalar va uskunalar (shu jumladan transport uskunalari) yangi texnologik uskunalar deb e’tirof etiladi.

Foizsiz qarz va begʻaraz moliyaviy yordam berishning soliq oqibatlari


B korxona foyda soligʻi solish maqsadida foizsiz qarzni olgan sanadagi MBning qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha daromad koʻradi.

 

Turkiyadan uskuna import qilish va uni oʻrnatish xizmatlarini xarid qilishning soliq oqibatlari


Texnologik asbob-uskunalar Oʻzbekiston hududiga olib kirilganida bojxona toʻlovlari, shu jumladan, import chogʻidagi QQS toʻlanadi.

Qurilish ishlari Tojikistonda amalga oshirilganida QQS

Aylanmadan soliq boʻyicha imtiyozni qoʻllash imkoniyati


Aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha imtiyoz NKM apparati orqali qoʻllanilmaydi. U soliq hisobotini taqdim etishda qoʻllaniladi.

Aholidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olishda JShDS


Yoʻq. Uy xoʻjaligida, shu jumladan dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlar JShDSga tortilmaydi.

Soliq imtiyozlaridan foydalanish imkoniyati


Muayyan davr uchun soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlashning toʻgʻriligini tekshirish soliq auditidir. Soliqlarni hisoblash chiqarish toʻgʻriligini tekshirishga imtiyozlarning qoʻllanilishi ham kiradi.

Import qilingan tovarlarni sotishda QQS


Ha, korxona bu holatda farq summasiga QQS hisoblab oʻz hisobidan byudjetga toʻlab berishi yoki tovarlarni qimmatroq sotishi kerak.

Talabaning kontrakt pulini toʻlab berishning soliq oqibatlari


Korxona tomonidan talabaning ta’lim olishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining oliy oʻquv yurti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma boʻyicha pulli-kontrakt asosida oʻtkazadigan toʻlovlar jismoniy shaxsning daromadi hisoblanmaydi.

Qarz shartnomasi asosida tovar oldi-berdi qilishni hujjatlashtirish


Jismoniy shaxs boʻlmish ta’sischidan TMZlarni, shuningdek sotish uchun tovarlarni qarz shartnomasiga asosan olganda, TMZlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi raymiylashtiriladi. Korxona shartnoma shartlariga muvofiq tovarlarni ta’sischiga qaytarganida esa EHF rasmiylashtiriladi.

Investitsion chegirmani qoʻllash


Korxona transport vositalarini modernizatsiya qilish uchun yoʻnaltirgan mablagʻlariga nisbatan investitsion chegirmani qoʻllashga haqli.

 

Xodimlarni ovqatlantirishning soliq oqibatlari va buxgalteriya hisobi


Avvalambor korxona xodimlarini issik ovqat bilan ta’minlashi iqtisodiy jihatdan oqlangan yoki oqlanmaganligini aniqlab, korxona lokal aktlarida rasmiylashtirib qoʻyishi kerak.

Da’vo qilish muddati oʻtgach soliqlar qayta hisoblanmasligi


2013-2014 yillarda ortiqcha hisoblangan JShDS boʻyicha da’vo qilish muddatlari oʻtib ketgan.

Talabalar chet davlatlarda oʻqishi uchun korxona tomonidan kontrakt toʻlovi va stipendiya toʻlanishining soliq oqibatlari


Talabalar chet davlatda oʻqishi uchun korxona tomonidan toʻlangan kontrakt summalari va stipendiya pullari ularning daromadi hisoblanadi.