Javob beramiz
Dividendlarga soliq hisoblash tartibi va buxgalteriya hisobi
2020 yildan boshlab dividendlarga kaskadli soliq solish bekor qilindi va korxonalar tomonidan olingan dividendlarga solingan soliqni hisobga olish nazarda tutilgan.
Sotish chogʻida tovar solib beriladigan qutilarni hisobdan chiqarishning buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari
Savdo joylarida tovarlarni oʻrash-joylash uchun ishlatiladigan taralar tannarxi sotish xarajatlariga kiritiladi.
Chet ellik korxona tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarning soliq oqibatlari
1S dasturini sozlash xizmatlari uchun rossiyalik kompaniyaga pul toʻlanganida, korxonangiz soliq agenti sifatida norezidentning daromadidan foyda soligʻini ushlab qolishi kerak.
Ijtimoiy soliqqa tortiladigan toʻlovlar
Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq toʻlashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning soliq solish ob’yektidir.
Lizing ob’yekti boʻyicha mol-mulk soligʻi xarajatlarining lizingga beruvchi tomonidan qoplanishida soliq oqibatlari.
Yuridik shaxs koʻchmas mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) olgan boʻlsa, ushbu ob’yekt boʻyicha lizingga oluvchi mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlovchisi deb e’tirof etiladi
Yoki texnadzorni fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma orqali ishga olsak boʻladimi, unda narxini belgilashda qaysi normativ hujjatga asoslanamiz, yoki texnadzor ya’ni jismoniy shaxs talab qilayotgan narxni qanday qonuniy asoslashimiz mumkin?
Byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan shtatga texnik nazorat boʻyicha mutaxassis lavozimi kiritilishi mumkin.
Bitta davr uchun necha marta tekshiruv oʻtkazilishi mumkin
Korxona majburiyati uchun toʻlangan pulning qaytarilishi
Agar korxona rahbari korxona majburiyati uchun qaytarib berish sharti bilan pul toʻlab bergan boʻlsa, unda korxona va rahbar oʻrtasida qarz shartnomasini tuzish kerak.
Bino yoki uning bir qismi ijaraga olinganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni kim toʻlaydi.
Bino-inshootlar yoki ularning bir qismi ijaraga olinganda, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni suv yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan tomon toʻlaydi
Aylanmadan soliqni toʻlashga oʻtish
Soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 1 mlrd. soʻmdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilari boʻlishlari mumkin.
Parrandachilik, ya’ni, tuxum yetishtirish bilan shugʻullanuvchi korxona yer soligʻini qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun belgilangan stavkalar buyicha soliq toʻlaydimi yoki noqishloq xoʻjaligi korxonalari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlaydimi?
Ushbu yerlar boʻyicha yer soligʻini qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun belgilangan stavkalar buyicha toʻlanadi.
EHF tizimidagi xatolikni tuzatish
Korxona xatolikni bartaraf etishi uchun farq summasiga 2021 yil sentyabr oyi bilan yana bitta bir tomonlama EHF yuborishi lozim. Lekin buning texnik imkoniyati mavjud emas.
Poligrafiya faoliyatini yuritishda muammo
Korxona ushbu vaziyatda amalga oshirayotgan faoliyati ishlab chiqarish faoliyati hisoblanadi.
XK mulkdorining daromadi soliq solish maqsadlarida dividendga tenglagtirishganligi
Dividend koʻrinishidagi daromadga solingan 5% stavkadagi JShDS korxonaning sof foydasi hisobidan emas, xususiy korxona mulkdorining dividendidan ushlab qolinadi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter