Javob beramiz
Fuqarolarga biometrik pasport berish
Men Oʻzbekiston fuqarosiman. Muddati oʻtgan eski namunadagi pasportga egaman, Vizalar va ruxsatnomalar berish boʻlimining xorijga chiqish stikerining ham muddati oʻtgan. Oʻzbekistonga muddati oʻtib ketgan pasport bilan qaytgan Oʻzbekiston fuqarolariga bundan keyin mazkur boʻlimning stikeri berilmas ekan deb eshitdim. Bu qonun hujjatlarini buzish hisoblanmaydimi? Yangi biometrik pasport olgandan keyin men mazkur boʻlim stikerini rasmiylashtira olamanmi?
Savolingizda koʻrsatilgan qoidalar qonun hujjatlarida mavjud emas. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi tartibi (VMning 6.01.1995 yildagi 8-son Qaroriga 1-ilova) mavjud boʻlib, unda chet elga borish huquqini cheklov choralarining roʻyxati nazarda tutilgan.
Koʻchmas mulk sotib olishda (sotishda) eski namunadagi pasport amal qiladimi? Eski pasport boʻyicha kvartirani rasmiylashtirishni rad etish huquqiga egamilar?
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining amaldagi (eski namunadagi) pasporti va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma 2015 yil 31 dekabrgacha haqiqiydir.
Ugliga pasport olishida shu ma’lumotnoma tugri talab kilinganmi?
Pasport bulinmasi xodimining uzi ma’lumotlarni surovnoma yuborish orkali aniklab olishi lozim.
Pasportni almashtirish uchun Oʻzbekistonga kelishim shartmi? Yoki buni men hisobda turgan konsulxonada amalga oshirsa boʻladimi?
Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra fuqaro biometrik pasport olish uchun doimiy roʻyxatda turadigan joyidagi ichki ishlar organlarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (XChKvaFRB) yoki konsullik roʻyxatida turadigan joyidagi OʻzR TIV konsullik boshqarmasiga (OʻzRning xorijdagi konsullik muassasasiga) murojaat etishi mumkin.
1997 yilda tugilgan, xozirda ukuvchi bulib ukiyetgan ukamga pasport olish uchun jarima tulashim kerakmi?
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 223-moddasiga koʻra pasporti boʻlishi shart boʻlgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi boʻyicha hisobda turmasdan yashashi, qasddan yaroqsizlantirishiga olib kelgan pasportni beparvolik bilan saqlashi va buning oqibatida pasportning yoʻqolishi - eng kam ish haqining 1 baravaridan 3 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Koreyaga ish vizasi boʻyicha kelgan edim. Men Oʻzbekiston Respublikasining Koreyadagi elchixonasida konsullik roʻyxatida turishim kerakmi? Elchixonada biometrik pasport olishim mumkinmi?
Siz konsullik roʻyxatida turishingiz kerak edi. Belgilangan tartibda xorijga doimiy yashash uchun chiqib ketgan, shuningdek vaqtincha xorijda boʻladigan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtincha konsullik roʻyxatiga olinadilar.
17 yoshdan 18 yosh oraligʻidagi birinchi marotaba pasport olayotgan fuqaro u yoki bu qonun buzilishi uchun ma’muriy jazo- jarimaga tortiladimi? Agar tortilsa, kancha mikdorda?
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 223-moddasiga koʻra, pasporti boʻlishi shart boʻlgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi boʻyicha hisobda turmasdan yashashi, qasddan yaroqsizlantirishiga olib kelgan pasportni beparvolik bilan saqlashi va buning oqibatida pasportning yoʻqolishi - eng kam ish haqi (matnda-EKIH) ning 1 baravaridan 3 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
AQShda boʻlganimda Oʻzbekistondagi kvartiramni ishonchnoma asosida sotdim. Meni sud orqali ishtirokimsiz uy daftaridan oʻchirishdi.
- Hozir AQShda boʻlganingiz bois 6 oy mobaynida Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi konsullik muassasasi yoki diplomatik vakolatxonasida (Nyu-York shahri yoki Vashington shahri) vaqtinchalik konsullik hisobida turishingiz shart.
Biometrik pasportning amal qilish muddati (10 yil) tugaganidan soʻng qancha vaqt oʻtganidan keyin uni, jarima toʻlamasdan, yangisiga almashtirish mumkin?
- Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandiga muvofiq amal qilish muddati tugaganidan keyin pasportni almashtirish uchun siz 1 oydan kechiktirmay doimiy yashash joyingizdagi xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga yoki borgan mamlakatingizdagi Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga murojaat qilishingiz kerak.
Chet elda yashovchi OʻzR fuqarosi doimiy roʻyxatda turmasdan Oʻzbekistonda eski pasportni biometrik pasportga almashtirganda unga vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish qayd etiladimi?
- Hozir AQShda boʻlganingiz bois 6 oy mobaynida Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi konsullik muassasasi yoki diplomatik vakolatxonasida (Nyu-York shahri yoki Vashington shahri) vaqtinchalik konsullik hisobiga turishingiz shart. Oʻzbekistonga qaytgach, siz oʻchirish joyidagi xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga murojaat qilishingiz kerak, bu yerda eski namunadagi pasportingizga sudning hal qiluv qaroriga koʻra oʻchirish shtampini qoʻyadilar.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter