Javob beramiz

Xoʻjalik faoliyati turlari

Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan mas’uliyati cheklangan jamiyat, ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirishda, MChJga tegishli boʻlgan korporativ plastik kartochka orqali tovarlarni sotib olib, ushbu tovarlarni ulgurji yoki chakana koʻrinishida qayta sotish orqali foyda olishi qonunga zid emasmi?


Sotish uchun olinadigan tovarlar ulgurji savdo korxonalari tomonidan chakana savdo punktlaridan sotib olish mumkin emas.  

Paxta tolasidan ip ishlab chiqarishda hosil boʻlgan chiqindilar buxgalteriyada mahsulot yoki material tarzida kirim qilinadimi? Chiqindilarni sotishdan tushgan tushumdan byudjetdan tashkari maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar xisoblanadimi?


Ishlab chiqarishda hosil boʻladigan chiqindilar ishlab chiqarishning texnologik jarayoniga qarab qaytariladigan chiqindilar yoki qoʻshimcha mahsulot sifatida tasniflanadi. 

1.Agar Jami ishlovchi xodimlar soni 103 kishiga yetgan boʻlsa, asosiy faoliyati ichki kiyim ishlab chiqarish boʻlgan korxona yirik korxona boʻlib qolmaydimi? 2.Agar tikuvchilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi oʻz kuchi bilan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmidan koʻp boʻlsa, korxona qanday soliqlarni toʻlaydi? 3.Korxona yagona yer soligʻini toʻlashda davom etadimi? 4. PF-1050 bilan belgilangan imtiyozlar korxonaga tadbiq etiladimi?


Asosiy faoliyati ichki kiyim ishlab chiqarish  boʻlgan korxonalar 200 tagacha xodim yollagan holda kichik biznes sub’yektiga kiradilar.

Neftebaza negizida tashkil etilgan korxonamiz "davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari"ning kaysi biriga taallukli?


Hech biriga taalluqli emas.

1. Quritilgan mevalarni tannarxidan arzonga eksport qilish toʻgʻrimi? 2.Ushbu holatda nima qilish mumkin?


Ha, toʻgʻri. Korxonangiz oʻz faoliyatini qonunchilik doirasida olib bormoqda.

1. Jamiyat ortiqcha xom ashyo materiallarini sotishini ulgurji savdoga tenglashtirilishi toʻgʻrimi? 2. Ortiqcha xom ashyo sotuvidan tushgan tushumdan bank tomonidan YaST boʻyicha 5% avans toʻlovlarining ushlab qolinishi toʻgʻrimi? 3. Jamiyatimiz tomonidan ortiqcha xom ashyoni sotish va sotishdan olingan daromad buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi va qanday soliq oqibatlari vujudga keladi?


Savdo faoliyati – qayta sotish maqsadida sotib olingan tovarlarni sotish faoliyatidir.

Agar umumiy tovar aylanmasining 4-5%i ulgurji savdoga, qolgan qismi chakana savdoga toʻgʻri kelsa, faoliyat ulgurji-chakana savdo deb hisoblanadimi?


Agar ulgurji savdo ulushi oʻtgan oyning umumiy tovaraylanmasining 4-5%ini tashkil etsa, ushbu faoliyat ulgurji-chakana savdo faoliyati hisoblanmaydi.

Xususiy apteka korxonasi fuqarolarning hayotini sugʻurta qiluvchi sugʻurta tashkilotlariga dori-darmon vositalarini oʻtgan oydagi tovar aylanmasining 10%dan koʻproq qismini naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha sotishi mumkinmi?


Ushbu savolning javobi qaysi faoliyat turiga litsenziyangiz borligiga bogʻliq, chunki farmatsevtika litsenziyalanadigan faoliyat boʻlib, u faqat litsenziyada belgilangan faoliyat turi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.

Yuridik shaxs alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasi qancha muddatga beriladi?


Yuridik shaxs alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasi har bir turgʻun savdo shaxobchasi uchun arizada koʻrsatilgan, ammo 2 yildan oshmagan muddatga beriladi.

1. Jamiyatimiz tolling shartnomasi asosida tayyor mahsulot ishlab chiqarishga haqlimi? 2. Agar haqli boʻlsa, jamiyatimiz oladigan daromadi va uning tarkibi nimalardan iborat boʻladi? Daromad qanday hisoblanadi (qaysi sanadagi kurs bilan)? Ushbu daromad YaSTga qay tartibda tortiladi? 3. Tolling shartnomasi asosida bajargan ishlari uchun xizmat haqi hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ishlatgan mahalliy xom – ashyolar qiymati evaziga, chet ellik korxona jamiyatimizga tayyor mahsulotni koldirsa, qoldirilgan mahsulotlarni jamiyatimiz mahalliy xaridorlarga sotsa, jamiyatimiz qanday soliq turlarini hamda bojxona toʻlovlarini toʻlaydi? 4. Agar qoldirilgan mahsulotni boshqa korxonalarga eksport qilsa, bunda jamiyatimiz qanday soliq va bojxona toʻlovlarini toʻlaydi? 5. Qayta ishlash xizmatlari uchun toʻlangan valyuta tushumini majburiy sotish nazarda tutilganmi?


Ha, jamiyatingiz tegishli ruxsatnoma asosida chet el korxonasi bilan tuzilgan tolling shartnomasi asosida tayyor mahsulot ishlab chiqarishi mumkin.

MCHJ ikkinchi faoliyat turini qay tartibda OKONX kodini o'zgartirmasdan turib tovar-xom ayshyo birjasi savdolariga kirishi mumkin? Biror qushimcha ruxsatnoma yoki lisenziya qilinadimi?

Sikilgan gaz(metan) sotish faoliyati savdo faoliyatimi yoki ishlab chikarish faoliyati hisoblanadimi?

1. Agar men oilaviy korxona ochib sayt orqali axborot tarqatish xizmatlarini amalga oshirsam kanaqa soliq va majburiy toʻlovlarni toʻlashim kerak boʻladi? Shunda men hech qanday daromad olmasam soliq toʻlashim kerakmi? 2. Firmada faqat bir oʻzim raxbar sifatida ishlasam buning uchun firma ochishim shartmi yoki faqatgina saytimni Matbuot va axborot agentligida ruyxatdan oʻtkazish bilan chegaralansa boʻladimi.

Uyali aloqa kompaniyalarining dilerlari uchun soxaga ta’luqli boʻlgan ishlarni tashkil etilishi, xujjatlarni rasmiylashtirilishi va soliqqa oid majburiyatlarni yuzaga kelishi bilan bogʻliq qanday xususiyatlar mavjud?


Abonentlar, ya’nikim jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar uyali aloqa operatori tomonidan bevosita va yoki uyali aloqa operatori nomidan ishonchnoma asosida xarakat qiluvchi dilerlar tomonidan tuziladi. Uyali aloqa operatori va uning dilerlari oʻrtasidagi munosabatlar esa vositachilik xizmatlari koʻrsatishga ta’luqli boʻlgan dilerlik shartnomalari bilan tartibga keltirilishi lozim.

Savdo va umumovqatlanish korxonalarining buxgalteriya hisobini oʻrganish uchun qanday kitoblarni tavsiya qila olasiz?


Sizni qiziqtirayotgan mavzular boʻyicha kitoblar, kurs va seminarlarning toʻliq roʻyxatini www.norma.uz.  Saytining tegishli boʻlimlaridan topasiz.