Javob beramiz
Chiqib ketishi
Binoning ta’sischi ulushi chiqib ketishi hisobiga hisobdan chiqarilishida buxgalteriya oʻtkazmalari
Asosiy vositalarning chiqib ketishida buxgalteriya oʻtkazmalari AVda 29.08.2004 yilda 1401-son bilan roʻyxatga olingan Nizomga asosan amalga oshiriladi.
Eksportdan qaytib kelgan aktivni qayta kirim qilish
Xaridor uni olishdan bosh tortib qaytarib yuborganida, kelgusida ushbu aktivdan qanday maqsadda foydalanmoqchi ekanligingizdan kelib chiqib balansga kirim qilasiz.
Asosiy vositani yaroqsizligi sababli hisobdan chiqarish
Asosiy vosita utilizatsiya sexiga asosiy vosita sifatida oʻtkaziladi, uni hisobdan chiqarish utilizatsiya sexida amalga oshiriladi.
Binoni dividendlar hisobiga berishda soliq oqibatlari
Eskirish toʻliq hisoblanganligi sababli, sizning holatda qoldiq (balans) qiymati nolga teng boʻladi. 70 mln soʻm esa - bu asosiy vosita - noturar joy binosining boshlangʻich (tiklash) qiymati boʻlishi mumkin.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda QQS hisobi oʻtkazmalari
Ha, agar materiallarni sotuvchi korxona QQS toʻlovchisi boʻlsa, ushbu realizatsiya boʻyicha QQS toʻlanishi kerak.
Qurilishi tugallanmagan binoni jismoniy shaxslarga sotish
Davlat tashkilotiga tegishli bino boshqa korxona balansiga qanday oʻtkaziladi?
Davlat tashkilotiga tegishli binoni bir korxona balansidan boshqa korxona balansiga oʻtkazish faqatgina uni sotish orqali amalga oshiriladi.
Koʻchmas mulk ob’yekti begʻaraz tarzda berilganda soliq oqibatlari
Asosiy vositalarni bepul asosda berish natijasida “A”korxonada QQS boʻyicha soliq oqibati yuzaga kelmaydi. Koʻchmas mulkni xadya shartnomasi asosida olish natijasida “V” korxonada soliq oqibatlari vujudga kelmaydi.
Egalik xukukini utkazmasdan turib AVni xisobdan chikarish
Asosiy vositalar qiymatini balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (AV tomonidan 29.08.2004 y. 1401-son bilan roʻyxatga olingan MV buyrugʻi bilan tasdiqlangan) 2-bandida koʻchmas mulk ob’yektlarini balansdan chiqarish asoslari keltirilgan. Asoslardan biri – sotish.
AVni ta’sischiga tekinga berishning soliq oqibatlari
Yuridik shaxsga tegishli boʻlgan har qanday mol-mulkni oʻzga shaxslarga, shu jumladan jismoniy shaxslarga tekinga berish qonun hujjatlariga zid emas, lekin bunda soliq oqibatlari vujudga keladi.
AVni auksion orqali sotish boʻyicha oʻtkazmalar
Asosiy vositalarni sotishda ularni balansdan chiqarish 5-son BHMS va Moliya Vazirligining 2004 yil 16 avgustdagi 101-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Nizomga asosan amalga oshiriladi.
Ta’sischi kiritgan ulushi (bino)ni olib chiqib ketmoqchi
Ta’sischining jamiyatdan chiqishi, ulushini olishi yoki sotishi, boshqa jamiyatga qoʻshilishi, ustav kapitalini oshishi yoki kamayishi kabi masalalarga tegishli tartib-qoidalar “Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar” toʻgʻrisidagi qonunda belgilangan.
Mol-mulkni auksion orqali sotish
Auksion savdosi orqali sotilgan mol-mulk qiymati oldi-sotti shartnomasida savdo natijasida shakllangan yakuniy qiymat boʻyicha belgilanadi va shu qiymatda xaridorga beriladi. Bunda vaziyatga qarab YaST, foyda soligʻi, QQS toʻlash majburiyati yuzaga kelishi mumkin.
Tashkilot balansidagi avtomobilni xodimga sovgʻa qilish
Korxona mulki boʻlgan avtomobilni jismoniy shaxsga (shu jumladan korxonada ishlagan yoki ishlayotgan xodimga) sovgʻa sifatida berish mumkin. Avtomobil qiymatini uning mulkdori boʻlgan yuridik shaxs belgilaydi, mustaqil baholash tashkiloti tomonidan baholash talab qilinmaydi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter