Javob beramiz
Fuqarolarning chet elga chiqishi
Fuqaroligi boʻlmagan voyaga yetmagan shaxsning xorijga chiqishiga ruxsatnoma
Ayni paytda sobiq turmush oʻrtogʻingiz Rossiya Federatsiyasi fuqarosi hisoblansa, voyaga yetmagan bolangizning xorijga chiqishi uchun uning ruxsati zarur boʻlmaydi.
Oldingizmi, ehtiyot qiling
Yuqori turuvchi organga hisobdan chiqarish masalasi boʻyicha murojaat qilishingiz lozim.
Viza – onlayn
Bu e-visa.gov.uz portali orqali «E-Visa.uz» tizimi vositasida chet ellik fuqarolarga rasmiylashtiriladigan vizadir.
Konsullik hisobiga turish va xorijga chiqish uchun pasportni almashtirish
Janubiy Koreyada oʻqib turib, boʻlish mamlakatiga qonuniy ravishda va 6 oydan oshadigan muddatga kelgan boʻlsangiz, xorijiy pasport olish uchun Oʻzbekistonning konsullik muassasasiga murojaat qilishga haqlisiz.
Pasportimdagi roʻxsatnoma yozuvi "stiker"ning muddati 2015 yilda tugagan, oʻqishim esa 2016 yil noyabr oyida tugaydi. Agar men stikerning muddati tugaguncha Oʻzbekistonga qaytib bormagan boʻlsam, pasportim xaqiqiy boʻladimi?
Oʻzbekiston bilan viza rejimi oʻrnatilgan davlat, masalan, Yangi Zelandiya hududida boʻlish davrida sizning stikeringizning amal qilish muddati tugagan boʻlsa, Siz Oʻzbekistonga qaytishingiz yoxud istalgan boshqa davlatga ketishingiz mumkin va bu qonun buzilishi deb hisoblanmaydi.
Hamkasbim S-3 turidagi vizaga ega. U shu vizaga binoan oilasini Oʻzbekistonga olib kela oladimi?
S-3 vizasi (xizmatga oid) berilgan shaxslarning qaramogʻidagi oila a’zolariga vizalar berilishi Vazirlar Mahkamasining 21.11.1996 yildagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Tartibda nazarda tutilmagan
Avstriya fuqarosi Oʻzbekistonga xizmat vizasi boʻyicha uzoq muddat – 6 oyga qadar davom etadigan xizmat safariga kelyapti. U Oʻzbekiston fuqarosi kvartirasida roʻyxatdan oʻtkazilishi (vaqtincha propiska qilinishi) mumkinmi?
Tashkilotlar (vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllari va faoliyat turidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar) taklifi boʻyicha Oʻzbekistonda vaqtincha boʻluvchi xorijiy fuqarolar xohishlariga koʻra mehmonxonalarda yoki boshqa turar joylarda roʻyxatdan oʻtishlari va yashashlari mumkin.
Muddati oʻtgan stiker bilan Norvegiyaga borib kelishim mumkinmi? Men bu harakatim bilan Oʻzbekiston Repsublikasi chet elga chiqish qonunlarini buzmaymanmi?
Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 6 yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va Oʻzbekiston hududiga kirishi tartibi Oʻzbekistondan - yoxud xorijiy davlatlardan boshqa xorijiy davlatlarga stiker rasmiylashtirmasdan chiqish javobgarlikka olib keladi, u holda bu JKning 223-moddasi 1-qismi bilan koʻzda tutilgan javobgarlikka, ya’ni 200 dan 400 EKIHgacha jarima solinishiga olib keladi.
Toshkent aeroportida chergara xizmati xodimlari pasportimning yetishmagan varagʻi haqida tushuntirish talab qilishsa men yuqorida keltirilgan hujjatlarni asos qilib koʻrsatishim mumkinmi?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 5 yanvardagi PF-4262-sonli farmoni talablari asosida, topib olingan pasport ichki ishlar idorasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasasiga topshirilishi lozim.
Apostil tasdigʻidan oʻtgan ushbu hujjatni Oʻzbekistonga olib borgandan soʻng tarjima qilib notarius tasdigʻidan oʻtkazish mumkinmi? Bu masalada qayerga murojaat qilsam boʻladi? Oʻqish joyimdan ingliz tilida beriladigan ma’lumotnomani ham apostil qilishim kerakmi?
Agar apostil taqdim etiladigan davlatda rasmiy hujjatning tarjimasini taqdim etish zarur boʻlsa, apostil qoʻyilgandan keyin koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar, shu jumladan, apostil tarjimon tomonidan apostil taqdim etiladigan mamlakat tiliga (yoki ingliz tiliga) tarjima qilinadi, shundan keyin tarjimonning imzosi notarius tomonidan tasdiqlanadi, oxirida tasdiqlangan tarjimaga apostil qoʻyiladi.
Oʻzbekistonda yangi pasport va chiqish vizasi olish jarayonini tezlashtirish uchun qanday hujjatlar tayorlashim zarur?
Biometrik pasport yoʻqotib qoʻyilganda yashash joyidagi IIB xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga murojaat qilish lozim. IIB boshligʻi nomiga yozilgan arizada uni yoʻqotish holatlarini koʻrsatish kerak. Ariza roʻyxatga olingandan keyin pasport yoʻqotilganligi toʻgʻrisida ish ochiladi.
Oʻzbekiston qonun hujjatlarida chet ellik turistlardan davlat bojini undirish talabi mavjudmi?
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisida nizomga (VMning 10.10.2012 yildagi 288-son Qaroriga 2-ilova) koʻra turistik yigʻim turistik yigʻimni toʻlovchilardan yashalgan har bir kun uchun Oʻzbekiston hududida joylashadigan xorijiy davlatning har bir fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun 2 AQSh dollariga teng miqdorda undiriladi.
Men Rossiya Federatsiyasida mehmonda boʻlib, u yerdan turistik maqsadda Yevropaning bir nechta mamlakatiga bormoqchiman. Men viza rasmiylashtirishim kerakmi yoki yoʻqmi? Rossiyadan toʻgʻridan-toʻgʻri Yevropaga borsam boʻladimi?
2000 yil 30 noyabrda Minskda Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston hukumatlari oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro vizasiz safarlari toʻgʻrisida bitim imzolangan. Oʻzbekiston mazkur Bitimga Prezidentning 27.12.2006 yildagi PQ-542-son qaroriga muvofiq qoʻshimcha shartni hisobga olgan holda qoʻshildi.
Qozogʻistonda yashaydigan Germaniya fuqarosi Oʻzbekistonga mehmonga kelish uchun Qozogʻistonda yashash guvohnomasini yoki Germaniya fuqarosining pasportini taqdim etishi kerakmi?
Kelishga ruxsat olgach, jiyaningiz Germaniya fuqarosi pasporti bilan Oʻzbekistonga keladi va siz propiska qilingan joydagi chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimida kelish vizasining amal qilish muddatiga roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak boʻladi.
Amal qiluvchi vizalari boʻlgan pasportni qanday qilib almashtirish mumkin? Eski pasportdan vizali sahifani qirqib olsa boʻladimi?
- Yoʻq, eski pasportdan sahifani qirqib olib boʻlmaydi. Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (IIVning AV tomonidan 9.04.1999 yilda 698-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan buyrugʻi bilan tasdiqlangan) koʻra almashtirishga topshiriladigan pasport belgi
- 1
- 2

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter