Javob beramiz
Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish
Tayyor mahsulotdan boshqa mahsulotni qadoqlashda foydalanishning buxgalteriya hisobi
Korxonada ishlab chiqarilgan polietilen plyonka tayyor mahsulot sifatida kirim qilingan boʻlsa, uni boshqa mahsulotni qadoqlash uchun ishlatishda uning tannarxi ishlab chiqarish xarajatlariga oʻtkaziladi.
Xarajatlarni va tannarxni toʻgʻri shakllantirish
Buxgalteriya oʻtkazmalarida qaysi schyotlardan foydalanish sanatoriyning hisob siyosati va yordamchi xoʻjalikning buxgalteriya hisobi qanday tashkil qilinganligiga bogʻliq.
Xalqaro tashishlarda chet elda amalga oshiriladigan xarajatlar hisobi va soliq oqibatlari
Xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshirilganligi ularni buxgalteriya hisobida tan olish tartibini oʻzgartirmaydi. Agar mazkur xarajatlar xalqaro tashish xizmatini koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlsa, ular xizmat tannarxiga kiritiladi va 2010-schyotining debetida aks ettiriladi.
Xalqaro tashishlarda amalga oshiriladigan xarajatlar hisobi va soliq oqibatlari
Xalqaro tashish xizmatini bajarish jarayonida yuzaga kelgan xarajatlar, agar ular xizmat koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlsa, xizmat tannarxiga kiritiladi va 2010 schyotining debetida aks ettiriladi.
Xalqaro yuk tashish xizmatlari boʻyicha xarajatlarni buxgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerak
Xizmat safari xarajatlariga faqat turar joy ijarasi va sutkalik xarajatlarni kiritish mumkin, qolgan xarajatlar koʻrsatilgan xizmatlar tannarxiga kiritiladi.
Mahsulot tannarxini toʻgʻri hisoblab chiqarish uchun nima qilish kerak
Internet xizmatlarini realizatsiya qilishda birlamchi bepul xarajatlar hisobi
Agar yangi ulanadigan mijozlarga simlarni bepul tortib berish, Wifi routerlarni tekinga berish va boshqa xarajatlar uchun ham pul olmaslik vaqtinchalik aksiya boʻlsa, ushbu xarajatlar 9410 «Sotish xarajatlari»ga olib boriladi.
Sherikning yeriga qurilgan bino
Yerning oʻzaro baholanishi sheriklikdagi faoliyatni olib borishdagi ulush taqsimoti uchun qilingan holos.
Umumiy ovqatlanish korxonasining ijara xarajatlarini tan olish
Sizning korxonangizga tegishli savdo nuqtalari umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shugʻullanadi. Shunday ekan, ushbu binolarning ijara haqini 9410 schyotiga olib borish notoʻgʻri.
Sotilgan mahsulot tannarxining kamayishini buxgalteriya hisobida aks ettirish
Bunda oʻsha mahsulotni sotishdagi «Dt 9110 - Kt 2810» buxgalteriya oʻtkazmasiga qoʻshimcha ravishda «Dt 6010 - Kt 9110» oʻtkazmasini berish kerak.
Xizmat koʻrsatishdagi xarajatlar hisobi
Avtotransport vositalariga xizmat koʻrsatish jarayonida sarflanadigan materiallar 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotiga olib boriladi va xizmatlar tannarxini shakllantirishda ishtirok etadi.
Tannarxni toʻgʻri shakllantirish shartmi?
Ishlab chiqarish bilan bogʻliq xarajatlarni sotish xarajatlari sifatida aks ettirish mumkin emas. Bu uchun MJtKda javobgarlik belgilangan.
Koʻrsatilgan xizmatlari tannarxining buxgalteriya hisobi
Korxona koʻrsatayotgan xizmatlar tannarxi 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotida hisobga olib boriladi.
Xarajatlar oʻz vaqtida tan olinishi lozimligi
Agar xodimlar 2023 yilning dekabr oyida mehnat ta’tiliga chiqayotgan boʻlsa, ushbu ta’til uchun toʻlov ham shu oyda hisoblanib buxgalteriya hisobida aks ettirilishi kerak.
Asosiy ishlab chiqarish schyotida qoldiq qolishi mumkinmi
Har qanday hisobot davri tugagan paytda ishlab chiqarish jarayonida boʻlgan va hali tayyor mahsulot holatiga yetmagan aktivlar mavjud boʻlishi tabiiy holat.
- 1
- 2

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter