Javob beramiz

Xizmat safari boʻyicha hisob-kitoblar

Xizmat safari davri uchun toʻlanadigan ish haqi


Xodim xizmat safarida boʻlgan davr uchun unga oʻrtacha ish haqi yoki tarif stavkasi (maosh) toʻlanadi.

«Xizmat safari» va «qatnash tusidagi ish» davomidagi xarajatlar toʻlovi


Doimo yoʻlda bajariladigan ish – bu qatnash tusidagi  ish sanaladi (06.09.2019 yildagi 743-son VMQga 3-ilova 2-§, MK 287m.1qism). Bu holatda kundalik xarajatlar emas – ustama haq toʻlanishi lozim.

Xodim xizmat safarida yashash haqini oʻzi toʻlasa va chekni taqdim etsa, unga sutkalik pul toʻlanadimi


Ish beruvchi xodimga uning oʻz mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart.

Xitoyga xizmat safaridan keyin hisob-kitob


Xizmat safariga yuborilgan shaxs oldidagi qarz summasi naqd xorijiy valyutadagi tegishli summani berish yoʻli bilan qoplanadi.

Xizmat safari xarajatlarini qoplab berish uchun boʻnak hisoboti kerak ekanligi


Xodim xizmat safaridan qaytgach, 3 ish kuni ichida boʻnak hisobotini taqdim etishi lozim.

Xizmat safarida kundalik xarajatlar toʻlov


Xodim Kegeyli tumanida joylashga xizmat safari joyidan Nukus shahriga har kuni qaytish imkoniyatiga esa boʻlmasa, unga kundalik xarajatlar uchun haq 2023 yil 17-20 aprel kunlarining har biriga, ya’ni 4 kunga toʻlanadi.

Respublika hududidagi xizmat safarlarida kundalik xarajatlar uchun haq toʻlash


Sizning korxonangiz uchun ushbu Nizom qoidalagi majburiy xususiyatga ega, korxonangiz xizmat safari uchun toʻlovlarni unga muvofiq hisoblab toʻlashi shart.

Chet el xizmat safaridagi xarajatlarni hisoblab chiqarish


Xizmat safari natijalari boʻyicha yakuniy hisob-kitob belgilangan normalar va qoʻshimcha toʻlovlarni hisobga olgan holda hujjatlar bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha, boʻnak hisoboti qabul qilingan sanadagi haqiqiy xarajatlar boʻyicha amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston hududidagi xizmat safarida kundalik xarajatlar uchun haq


Yoʻq, amalga oshirgan hisob-kitobingiz toʻgʻri emas. Siz xodimingizga 3 kunlik xizmat safari uchun 165 000 soʻm miqdorida kundalik xarajatlar uchun haq toʻlab berishingiz kerak.

Avans xisoboti MBning qaysi sanadagi kursi bilan hisoblanadi?


Xizmat safari natijalari boʻyicha yakuniy hisob-kitob boʻnak hisobotini qabul qilish kunidagi MB kursi boʻyicha amalga oshiriladi.

Xizmat safari kunlari uchun sutkalik va yoʻlkira xarajatlarini hisoblash


Fikrimizcha, xodim xizmat safarida boʻlmagan davri uchun haqiqatda ishlagan kunlariga proporsional tarzda 575-son Qaror bilan belgilangan ovqatlanish va yoʻlkira xarajatlarini qoplash lozim. Xizmat safarida boʻlgan kunlari uchun esa 1268-son Yoʻriqnomada belgilangan tartibda sutkalik va yoʻlkira xarajatlari toʻlanishi kerak.

FHSh asosida ishlagan shaxs (sportchi)ga safar xarajatlarini qoplab berish


FHSh asosida ishlagan shaxslarga qoplab berilgan xarajatlar summasi mehnatga haq toʻlash xarajatlari sifatida hisobga olinadi. Ushbu toʻlovlardan JShDS ushlab qolish va ular boʻyicha YaIT toʻlash majburiyati yuzaga keladi.  

FXSh shartnomasi boʻyicha safar xarajatlari qoplanganda buxgalteriya oʻtkazmalari


Yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxsning turar-joy uchun xarajatini toʻlab berilishi yoki ushbu xarajat oʻrnini qoplab berilishi jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadi hisoblanadi va YaIT hamda sugʻurta badali solinadigan bazaga kiritilmaydi.

Aviachiptani 30 foizdan ortmaydigan qismini aniqlashda qaysi narx olinadi?


Fikrimizcha, korxona bunday holatlarda qoʻllanadigan tarifni hisob siyosati hamda xodimlar bilan hisob kitoblarni amalga oshirishda asos boʻladigan ichki me’yoriy hujjatlarda aks ettirgan holda mustaqil tanlashi mumkin.