Javob beramiz
Umumiy masalalar
1) Boshqa, asosiy boʻlmagan faoliyat turlari boʻyicha tovar (ish, xizmat)larni sotishda QQS solinadigan oborot va maqsadli jamgʻarmalarga ajratmalar boʻyicha soliq solinadigan baza vujudga keladimi? 2) Oʻrindoshlik asosida ishlovchi jismoniy shaxslar daromadlaridan qanday stavka boʻyicha qanday soliqlar ushlab qolinishi lozim? Ishga kirishda qanday hujjatlarni talab qilish kerak? 3) Mol-mulkni ShK Ustav fondiga badal sifatida topshirishda foyda soligʻi va QQS boʻyicha qanday soliq oqibatlari vujudga keladi? 4) Bogʻ joylashgan yer uchastkasini ShKga topshirish uchun mahalliy hokimiyat organlarining qarori zarurmi?
OʻzR SKning 199-moddasiga muvofiq mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish bu oʻtkazishni amalga oshirish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish qaysi faoliyat turi doirasida amalga oshirilishidan qat’i nazar QQS solinadigan oborot hisoblanadi.
Agar yil davomida bitta chorakda chakana savdo tovar aylanmasi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga nisbatan koʻproqni tashkil qilsa, yil yakunlari boʻyicha esa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish 65-70 foizni tashkil qilsa, bu holatda korxona qanday soliqlarni toʻlaydi?
Agar chorak yakunlari boʻyicha sizning korxonangizda chakana savdodan tushgan tushum ulushi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va oʻzi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlashdan olingan tushumdan ortiq boʻlsa, u holda bu chorakda sizning korxonangizga chakana savdo korxonalari tomonidan YaSTni YaSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda toʻlash normasi tatbiq qilinadi.
Qanday asosda Moliya vazirligi QQSning ortiqcha summasini qaytarishni rad etishi mumkin? Moliya vazirligi qaytarish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni talab qilib olishga haqlimi?
“Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisida Nizom”ning (OʻzR Adliya vazirligi tomonidan 16.05.2008 yilda 1807-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) 13-bandiga muvofiq, OʻzR MV QQSni qaytarishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin, ushbu toʻgʻrisida u soliq toʻlovchi va OʻzR Davlat soliq qoʻmitasiga yozma ravishda ma’lum qiladi.
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qarori ekspertiza oʻtkazilishi boshlanishidan oldin tekshirilayotgan soliq toʻlovchiga taqdim qilinishi kerakmi?
Soliq kodeksining (SK) 97 yoki boshqa moddalarida ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida qarori tekshirilayotgan shaxsga ekspertiza oʻtkazilishi boshlanishidan oldin taqdim etilishi toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilmagan. Biroq, oʻsha 97-moddaning sakkizinchi qismiga qaraganda, tekshirilayotgan shaxs jumladan ekspertning oldiga qoʻshimcha masalalar (savollar) qoʻyishni soʻrash huquqiga ega.
Agar xususiy korxona 2014 yil uchun olingan oʻzining sof foydasidan boshqa MChJning ustav fondini shakllantirish uchun moliyaviy yordam oʻtkazsa, u holda xususiy korxona qanday soliqlarni toʻlaydi?
Oʻzbekiston Respublikasining 11.12.2003 yildagi “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi 558-II-son Qonuniga (15, 24-moddalar) asosan xususiy korxonaning foydasi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan soʻng korxona mulkdorining tasarrufiga oʻtadi hamda unga soliq solinmaydi.
Topshiriq shartnomasi boʻyicha korxona – vakil qanday umumbelgilangan soliqlar va majburiy toʻlovlarni toʻlaydi?
Agar korxona kichik biznes sub’yekti hisoblanmasa, QQS, foyda soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, shuningdek Pensiya jamgʻarmasi, yoʻl jamgʻarmasi va Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashi kerak boʻladi.
Soliq boʻyicha ortiqcha toʻlangan toʻlovlarni boshqa soliq turlariga oʻtkazish uchun soliq organlariga elektron tarzda ariza berish mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa tartibini tushuntirib bering.
Hozirgi kunda ortiqcha toʻlangan soliqlar summasini mavjud boqimondani uzish hisobiga hisobga olish uchun elektron tarzda ariza berish koʻzda tutilmagan.
Korxona balansida boʻlgan avtomobilga texnik xizmat koʻrsatish oʻtkazilganda va yoqilgʻi-moylash materiallari bilan ta’minlanganda qanday soliq oqibatlari vujudga keladi?
Mazkur xarajatlarni amalga oshirganda, agar avtomobil korxonaning xoʻjalik yoki ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilsa, soliq oqibatlari vujudga kelmaydi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter