Javob beramiz

Eski kompyuter va printerlar hisobdan chiqarilganda utilizatsiya qilish shartmi?


Agar ixtisoslashtirilgan korxonalarga utillashtirish, qayta ishlashga berish imkoniyati boʻlmasa,  yuridik shaxslar kompyuterlarni oʻzlari  oʻrnatilgan tartibda hisobdan chiqarib, utillashtirishlari mumkin.

Import qilingan uskunani oʻrnatishga kelgan xorijiy mutaxassislar uchun mehmonxona toʻlovlari hisobi va soliq oqibatlari


Import qilingan ishlab chiqarish uskunasini oʻrnatish uchun kelgan xorijiy mutaxassislarning mehmonxona toʻlovlari uskunaning boshlangʻich qiymatiga kiritilmaydi, balki korxona xarajatlarga, 9430 schyotga olib boriladi.

Xomiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa toʻlash


Ha, bolani 2 (yoki 3) yoshgacha parvarishlash ta’tilidagi xodima shu davrda yana xomilador boʻlsa, unga xomiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa toʻlanadi.

Avtokran kabinasini almashtirish hisobi


Bu ta’mirlashning narxi avtokranning boshlangʻich qiymatinini oshirmaydi, balki xarajatlarga olib boriladi.

Bunda ushbu qarorga 1-ilovada keltirilgan yagona tarif setkasini qoʻllash majburiymi? Korxona ayrim kasblar uchun oʻzining ichki razryadlari va tarif koeffitsiyentlarini qoʻllasa boʻladimi?


Davlat korxonasi boʻlmagan korxonalarda xodimlar uchun razryadlar va tarif koeffitsiyentlarini korxona oʻzi belgilaydi.

Qoʻshimcha yasalgan konstruksiya hisobiga kranning boshlangʻich qiymatini oshirish


Agar yasalgan qoʻshimcha konstruksiya va kran konstruktiv jamlangan buyumlarning majmui boʻlsa va qoʻshimcha konstruksiya oʻz vazifasini faqatgina majmua tarkibida bajara olsa, u holda bu konstruksiya kranning tarkibiy qismi hisoblanadi va uning qiymati kranning boshlangʻich bahosiga qoʻshiladi.

Qonunga koʻra kadrlar boʻlimi mutaxassisiga chora koʻriladimi mana shu ishga beparvo qaraganligi uchun?


Ha, buning uchun javobgarlik qoʻllanilishi mumkin.

Ustav fondi hisobidagi xatolikni tuzatish


Ustav fondining oshirilganligi natijasida ta’sis hujjatlari davlat xizmatlari markazida qayta roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyingina bu summa 8330 «Pay va ulushlar» schyotining kreditida qoʻshib aks ettiriladi.

Respublika hamda viloyat darajasida boʻlgan xoʻjalik hisobidagi tashkilot xodimlarining (masalan, direktor, direktor oʻrinbosari, bosh hisobchi, bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis, bosh ekspert, yetakchi ekspert, xoʻjalik mudiri, boʻlim boshligʻi) lavozim razryadlarini qanday aniqlash mumkin?

Komissioner orqali tayyor ovqatlarni sotishda buxgalteriya oʻtkazmalari


Savol mazmuniga qaraganda korxonangiz va "Mydijital" kompaniyasi oʻrtasida vositachilik (komissiya) shartnomasi tuzilgan. Bunda sizning korxonangiz komitent, u esa komissioner sifatida faoliyat yuritadi.

Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash xarajatlarini hisobdan chiqarish


Kapital ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash xarajatlari asosiy vosita qiymatiga oʻtkazilmaydi, ular amalga oshirilgan davrdagi davr xarajatlari sifatida tan olinishi lozim.

Chakana savdo bilan shugʻullanuvchilarda sotilgan tovarlar hisobi


Chakana savdoda tovarlar hisobini yuritish 4-son BHMS asosida amalga oshiriladi. Ushbu standart mahsulotlarni ma’lum guruhlari boʻyicha hisobini yuritish hamda  inventarizatsiya asosida har bir davr uchun realizatsiya miqdorini aniqlash usulini qoʻllash imkonini beradi.

Xom ashyoni sotib olish va tashish xizmati xarajatlari


Mahsulotlarni xaridorlarga yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlarni sotish xarajatlari sifatida aks ettirish zarur

Ishlab chiqarish boʻlmagan davrlarda asosiy vositalar amortizatsiyasini xarajatlarga olib borish


Korxona ishlab chiqarish faoliyati boʻlmagan davrda ishlab chiqarish bilan bogʻliq asosiy vositalarning amortizatsiyasini 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotiga olib borishi mumkin.

Toʻlanishi kerak boʻlgan mukofot puli uchun da’vo qilsak, kim javob beradi? Ish beruvchimi yoki bosh hisobchimi?


Davlat bayramlari munosabati bilan toʻlanadigan mukofotlar ragʻbatlantirish choralari xisoblanadi, va ushbu toʻlovlar ish beruvchi tomonidan toʻlanishi majbur boʻladigan toʻlovlarga kirmaydi.