Javob beramiz
DSIning ushbu harakati qonuniymi? Ya’ni avans boʻla turib har bir oy uchun alohida yechib olishi toʻgʻrimi? Avansni qanday qaytarib olish mumkin?
Xodimlarni ovqatlantirishning buxgalteriya xisobi
Xodimlarni ovqatlantirish qiymati jismoniy shaxslarning moddiy naf tarzidagi daromadlari hisoblanmaydi. Bu kompensatsion toʻlovlar boʻlib mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiritiladi.
Buvi nabirasini parvarishlash boʻyicha ta’tilni va nafaqani rasmiylashtirish
Yagona milliy mehnat tizimida ishlovchi xodimlarni roʻyxatdan oʻtkazish muddati oʻzgardimi?
2020 yil 4 may holatiga mehnat shartnomalarini YaMMTda roʻyxatdan oʻtkazish muddatlari boʻyicha oʻzgarishlar sodir boʻlmadi.
Dam olish va bayram kunlari mehnatga haq toʻlash
Dam olish va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi yoki ish xodimning xohishiga qarab bir hissa miqdorda mehnat haqi toʻlagan holda boshqa dam olish kuni berish bilan qoplanadi.
MChJ ustav fondini sof aktivlar qiymatigacha kamaytirishning buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari
Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin MChJ sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan kam boʻlib qolsa, jamiyat oʻz ustav fondini oʻzining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorgacha kamaytirishi shart.
Yuzga taqiladigan niqoblarni bepul berishda QQS boʻyicha soliq oqibatlari
Yuzga taqiladigan niqoblarni bepul asosda berish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan bepul berish deb qaraladi va tegishincha, qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan ob’yekt hisoblanmaydi
Xodim sanitariya-epidemiologiya xizmatining ma’lumotnomasini taqdim etgan taqdirda, unga karantinda boʻlgan vaqt uchun haq toʻlash zaruriyati
Karantin paytida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi taqdim etilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida toʻlanadi.
Agar biz bu avtomobilni ijaraga olsak, undan oʻzimizga tegishli avtotransportlardek foydalana olamizmi, ya’ni yoʻl varaqasi bilan bir nechta xodimimiz haydab yura oladimi va YPX xodimlari toʻxtatganida xodimlarimiz yonida oʻziga hamda avtotransportga tegishli qanday hujjatlar boʻlishi kerak?
Yuridik shaxs tomonidan ijaraga olingan avtotransportni bir nechta xodim boshqarishga xaqli.
Sogʻliqni saqlash jamgʻarmasiga tibbiyot uskunalarini bepul foydalanishga berishda soliq oqibatlari
Tibbiyot uskunalarini bepul foydalanishga berishda ssuda shartnomasi rasmiylashtiriladi va qabul-qilish-topshirish dalolatnomasi boʻyicha beriladi.
NORMA kompaniyasi auditorlik tekshiruvini oʻtkazadimi
Oʻzbekiston Respublikaci hududida lokal (respublikamiz ichidagi) shartnomalar boʻyicha fors-major sertifikatini qaysi organ beradi?
Respublika ichidagi shartnomalar boʻyicha fors-major holatini tasdiqlovchi sertifikatni olish uchun Savdo-sanoat palatasiga murojaat etish zarur.
Davlat boji toʻlamasdan iqtisodiy sudga da’vo bildirishi mumkinligi
Muddatni kechiktirish toʻgʻrisida iltimosnoma, shuningdek schyotida mablagʻlar mavjud emasligi toʻgʻrisida bank tasdiqnomasi boʻlgan taqdirda davlat bojini toʻlamasdan iqtisodiy sudga da’vo bildirish mumkin.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter