Javob beramiz

2016 yil 22 noyabrdagi PQ-2660-sonli qaroriga asosan qurilayotgan, qiymati 320 mln soʻm boʻlgan uyni yangi Soliq qodeksiga asosan daromad soligʻiga imtiyoz koʻllaniladimi?


Qarordagi Dastur doirasida qurilgan uylarga ushbu imtiyoz oʻz kuchini yoʻqotmagan.

Xususiy kichik elektr magistral stansiya tarmogʻini buxgalteriyada hisobga olish.


Ha, agar kichik transformator stansiyasi, transformator va kondensator qurilmasi belgilangan talablarga javob bersa

1. Xususiy korxonaning ustav fondini oshirish maqsadida korxonaga kirim qilingan yoqilgʻi summalari mulkdorga qaytarib berilsa qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? 2. Mulkdor sotib olgan yoqilgʻi boʻyicha QQSni korxona hisobga olishga haqlimi?


Xususiy korxona ustav fondini oshirish maqsadida korxonaga kirim qilingan yoqilgʻi summalari mulkdorga qaytarib berilishi soliq oqibatlarini keltirib chiqarmaydi.

Chakana savdo bilan shugʻullanuvchi YaTT aylanmadan olinadigan soliqni 2020 yilda 4 foizli stavkada toʻlaydimi yoki 2 foizli stavkadami? Agar YaTT 4 foizli stavkada aylanmadan soliq toʻlashi lozim boʻlsa, u holda yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib 2 foizli stavkada aylanma soligʻi toʻlashi mumkinmi?


Agar YaTT aholi soni 100 ming kishidan kam aholi punktlarida chakana savdo  faoliyatini amalga oshirsa, u aylanmadan olinadigan soliqni 2 foizli stavkada toʻlaydi.

Oʻrindoshlik asosida rahbar boʻlib ishlash imkoniyati


Xodimning asosiy ish joyi boʻyicha egallab turgan lavozimi, uning oʻrindoshlik asosida rasmiylashtirilayotgan lavozimiga bogʻliq boʻlmaydi.

Aholi bandligi organlari tomonidan 2020 yilda xodimlar uchun mehnat daftarchalarini berishni rad etishning qonuniyligi


Xodimning mehnat staji, shu jumladan pensiya tayinlashda xodim tomonidan amalga oshiriladigan mehnat faoliyati davriga asosan (31.10.2019y.dagi PQ-4502-sonli qaror 4-bandi)  2020 yilning yanvar oyidan mehnat daftarchalarini yuritish elektron shaklda amalga oshiriladi

Ishga qabul qilinayotgan xodimlarning avvalgi ish joylari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni “YaMMT”ga kiritish boʻyicha yuridik shaxs majburiyati


Jismoniy shaxslar oʻz tashabbusi bilan oʻzlarining oʻtgan davrlardagi ishga joylashish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni «YaMMT» IDAKga mustaqil kiritishlari mumkin.

Jamiyatning ustav kapitali (fondi) jismoniy shaxs boʻlmish ta’sischi tomonidan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan shakllantirilganida qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?


Ustav kapitali jismoniy shaxs boʻlmish ta’sischi tomonidan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan shakllantirilganida soliq oqibatlari vujudga kelmaydi.

Noyob import uskunasini yetkazib berish muddatini buzish


Tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun moʻljallangan import uskunani olib kirish uchun alohida yetkazib berish muddati yoki muddatni kechiktirish nazarda tutilmagan

Ish vaqtidan tashqari ish: hisobga olish jihatlari


Har bir xodim uchun bir oyda ish vaqtidan tashqari ishlarning cheklangan davomiyligi 10 soatdan (zararli va ogʻir mehnat sharoitlarida – buning yarmidan) oshmasligi lozim.

Umumbelgilangan soliq toʻlovchi korxona oʻz balansidagi binoni aylanmadan soliq toʻlovchi korxonaga hadya qilishi natijasida har ikkala taraf uchun qanday soliq oqibatlari yuzaga kelishi mumkin?


Binoni hadya qilishda har ikki taraf uchun muayyan soliq oqibatlari vujudga keladi.

Uzoq yillar foydalanilmagan mehnat ta’tili kunlarini kim hisoblab beradi: kadrlar boʻyicha inspektormi yoki buxgaltermi?


Mehnat ta’tili kunlarini kim hisoblab chiqishi qonunchilikda aniq belgilanmagan.

Asosiy majburiyatlaridan ozod qilmagan holda qoʻshimcha lavozimni biriktirish


Xodimni uning roziligiga koʻra oʻzining asosiy ishidan tashqari, vakant lavozim boʻyicha qoʻshimcha majburiyatlarni bajarishga jalb etish mumkin

Yuridik shaxslar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob usuli


Yoʻq, bojxona agentlari sifatida xizmatlar koʻrsatadigan korxona boshqa yuridik shaxsdan koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha qarzni soʻndirish uchun naqd pul mablagʻlarini qabul qila olmaydi. 

1. Korxona oʻz ishchi va xizmatchilarini issiq ovqat bilan bepul ta’minlashi qanday soliq oqibatlariga olib keladi? 2. Bepul ovqat bilan ta’minlashga oid operatsiyalar buxgalteriyada qanday oʻtkazmalar bilan aks ettiriladi?


Korxona xodimlarini issiq ovqat bilan bepul ta’minlash kompensatsiya toʻlovi boʻlib, jismoniy shaxslarning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari tarkibiga kiradi.